2-fevraldan metan zapravkalar faoliyati tiklanadi

2-fevraldan boshlab barcha hududlardagi AGTKSHlar (zapravkalar) faoliyati bosqichma-bosqich tiklanadi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.

Sovuq kunlarda tabiiy gazni birinchi navbatda aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlariga yetkazib berish uchun avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH) faoliyati vaqtincha to’xtatilgandi.

Energetika vazirligi xabariga ko’ra, bugungi kunda gaz quvurlarida bosimning meʼyorga kelishi natijasida aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan bir maromda taʼminlash imkoni yaratilmoqda.

Shu sababli, joriy yil 2-fevraldan boshlab mahalliy hokimliklar tomonidan taqdim etilgan ro‘yxat asosida AGTKSHlar faoliyati bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi.

AGTKSHlarning faoliyat yuritish vaqti hududlar sharoitidan kelib chiqqan holda mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan tarzda amalga oshiriladi.

One Reply to “2-fevraldan metan zapravkalar faoliyati tiklanadi”

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *