Elmakon’ning “ikkinchi xotin” uchun texnikalari aks etgan reklama bannerlari olib tashlandi

Elmakon brendining “ʻIkkinch xotinʻga gʻamxoʻrlik qiling”, “Mahrga texnika soʻrang” matnli reklama bannerlari demontaj qilindi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qoʻmita tomonidan surati eʼlon qilingan bannerlarda avtomobillar uchun jihozlar — avtomobil signalizatsiyasi va radiosi reklamasini koʻrish mumkin. Ya’ni bannerlarda “ikkinchi xotin” deyilganda avtomobil nazarda tutilgan.

Qoʻmita xabariga koʻra, “Reklama toʻgʻrisidagi” qonunning 16-moddasiga asosan, reklama va axborot vositalaridan foydalangan holda milliy va oilaviy anʼanalarga, shuningdek ahloq va maʼnaviyatning umum qabul qilingan normalariga zid boʻlgan shakllar, iboralar va obrazlardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.

“Xalqqa juda yoqdi. Hamma repost qilmoqda”, – deya ta’kidlagan kompaniya vakili Aziz Abdumajitov.

Bloger Nikita Makarenko Elmakon brendini boykot qilish kerakligini yozdi.

“Elmakon’ni boykot qiling, u yerdan hech narsa sotib olmang. Ayollar – ularga e’tibor qilmang va buni boshqalarga ham ayting. Bunday “tadbirkorlar” o‘z o‘rnini bilishi kerak”, – deb yozdi bloger.

2 Replies to “Elmakon’ning “ikkinchi xotin” uchun texnikalari aks etgan reklama bannerlari olib tashlandi”

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *