Turkmaniston O’zbekistonga bepul suyultirilgan gaz partiyasini yetkazib beradi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Суббота, Июн 3, 2023
Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov Oʻzbekistonga suyultirilgan gazni yordam sifatida berish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi.
Hujjatda “Turkmangaz” davlat konserniga “doʻstlik va birodarlik yordami sifatida Oʻzbekistonga tegishli hajmdagi suyultirilgan gaz yetkazib berish” topshirilgani qayd etilgan.
Biroq, suyultirilgan gazning hajmi aniq koʻrsatilmagan.
Xususan, Oʻzbekiston Turkmaniston bilan toʻgʻridan-toʻgʻri (Rossiya ishtirokisiz) qishda 1,5 milliard kub metr gaz importi boʻyicha kelishuvga erishgan.
Shuningdek, yanvar oyida “Таtneft” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan AI-80-K-5 benzinini import qilish bo‘yicha kelishuvga erishilgandi. Rossiyaning TANEKO neftni qayta ishlash zavodidan jami 50 ming tonna AI-80-K-5 benzini import qilindi.
Benzinga bo‘lgan ehtiyoj ortib borayotganini inobatga olib, yoqilg‘i quyish shoxobchalarida taqchillik, uzilishlar va navbatlarning oldini olish maqsadida 4-fevraldan boshlab “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan import qilingan K5 AI-80 benzini sotuvga chiqarildi.
Very nice post. I just stumbled upon your blog and wanted to say that I’ve really enjoyed browsing your blog posts. In any case I’ll be subscribing to your feed and I hope you write again soon!