O’zbekiston Rossiyadan import qilishni boshlagan K5 AI-80 benzini sotuvga chiqarildi

K5 AI-80 markasi “O‘zbekneftgaz” yoqilg‘i quyish shoxobchalarida litri 6000 so‘mdan sotiladi.

“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan respublika aholisining sifatli avtoyoqilg’iga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida Buxoro neftni qayta ishlash zavodida ishlab chiqarilayotgan mahalliy yoqilg’i bilan bir qatorda xorijdan ham tayyor yoqilg’i mahsulotlari sotib olinmoqda. Joriy yilning yanvar oyida “Таtneft” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan AI-80-K-5 benzinini import qilish bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi. Rossiyaning TANEKO neftni qayta ishlash zavodidan jami 50 ming tonna AI-80-K-5 benzini import qilindi. Benzinga bo‘lgan ehtiyoj ortib borayotganini inobatga olib, yoqilg‘i quyish shoxobchalarida taqchillik, uzilishlar va navbatlarning oldini olish maqsadida 4-fevraldan boshlab “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan import qilingan K5 AI-80 benzini sotuvga chiqarildi. Tovar-xomashyo birjasida AI-80-K-5 rusumli benzinning boshlang‘ich narxi bir tonna uchun – 7168.3 ming so‘m, “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli yoqilg‘i quyish shoxobchalarida esa iste’molchilarga sotilayotgan benzinning har bir litri uchun yakuniy narx – 6 ming so‘mni tashkil qilmoqda.

Rossiya va Qozog’istonda AI-80 markali yoqilg’i mahsuloti ishlab chiqarilishi to’xtatilganligi sababli, ayni paytda bunday toifali benzin faqat buyurtma asosida ishlab chiqariladi. 2023-yilning 10-dekabridan 1-martigacha AI-80 uchun nol aksiz solig’I stavkasi mavjud. Bu imtiyoz import qilinadigan tayyor yoqilg’I mahsulotlariga ham tegishli.

One Reply to “O’zbekiston Rossiyadan import qilishni boshlagan K5 AI-80 benzini sotuvga chiqarildi”

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *