Telegramdan qishgi yangilanish: Chatlar tarjimasi, avatar konstruktor, yangi to‘plamlar va interaktiv emojilar…

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Четверг, Июн 8, 2023
Telegram messenjeri o‘zining so‘nggi yangilanishida ilovasiga muhim funksiyalarni qo‘shdi. Butun suhbatlarni tarjima qilish, profil rasmi yaratuvchisi, emoji toifalari va boshqa yangiliklar shular jumlasidandir.
Chatlarni avtomatik tarjima qilish. Pullik Premium obunachilari endi ekranning yuqori qismidagi maxsus tugmani bosish orqali barcha chet tillaridagi suhbatlar, guruhlar va kanallarni real vaqt rejimida tarjima qilishlari mumkin. Biroq foydalanuvchilar alohida xabarlarni tanlagan holda ham, “tarjima” paneli orqali so‘zlarni boshqa tilga o‘gira oladi.
Avatar konstruktor. Endi Telegramning mobil versiyasida istalgan stiker va animatsion emoji shaxsiy akkaunt, guruh yoki kanal uchun animatsion avatarga aylantirilishi mumkin. Ilgari bu xususiyat faqat MacOS foydalanuvchilari uchun mavjud edi. “Profile Photo Maker” foydalanuvchilarga istalgan stiker yoki emojilarni o‘z akkaunti, guruhlari yoki biror bir kanal uchun profil rasmiga aylantirishga yordam beradi. Kompaniyaning aytishicha, hattoki, pullik Premium aʼzosi bo‘lmagan foydalanuvchilar ham turli animatsion suratlar yoki emojilardan foydalana oladi.
Emoji toifalari. Bundan tashqari, kompaniya emoji toifalarini ham taqdim etmoqda. Bu orqali saralangan stikerlar va emojilarga ham ega bo‘lish mumkin. Telegram foydalanuvchilari milliondan ortiq turli xil stiker yoki emojilardan foydalanishi mumkin, biroq emoji toifalari vaqtni tejashga yordam beradi. Stikerlar va emojilar panelida, gif va reaksiyalar menyusida va shunga o‘xshash turli statuslarda toifalar bo‘yicha qidiruv amalga oshirish afzalligi mavjud.
Tarmoq trafigini boshqarish. Shuningdek, Wi-Fi va mobil maʼlumotlar uchun doiraviy diagrammalar orqali ijtimoiy tarmoqda qancha maʼlumotlardan foydalanilganligini ko‘rish va avtomatik yuklab olish sozlamalarini maʼlumotlarga mos ravishda o‘zgartirish imkonini beruvchi funksiya ham ahamiyatlidir. Bu yangilanishda foydalanuvchilarda qurilma xotirasi muayyan chat turkumlari — shaxsiy xabarlar, guruhlar va kanallardan ortiqcha materiallarning qanchalik tez avtomatik tozalanishini tanlash, shuningdek, alohida chatlar uchun istisno qo‘shish imkoniyatini beradi.
Qabul qilingan mediani avtomatik saqlash. Sozlamalarda avtomatik ravishda qurilma galeriyasiga saqlanadigan chatlarni tanlash, media fayllar hajmi va turini belgilash imkoniyati mavjud. “Auto-Save Incoming Media” orqali foydalanuvchilar media mahsulotlarni o‘z galeriyasiga avtomatik ravishda qachon saqlanishini o‘lchami, turi, qaysi chatga tegishli ekanligiga qarab boshqarishi mumkin. Bu esa foydalanuvchilarga faqat o‘zlari xohlagan narsani saqlash imkoniyatini tuhfa etadi.
Yangi to‘plamlar va interaktiv emojilar. Telegram yana 10 ta yangi emoji to‘plamini tayyorladi. Bu safar ular profil, guruh yoki kanal fotosuratlari uchun bir necha yuzlab rasmlarni ham qo‘shdilar. Agar siz yangi qo‘shilgan interaktiv emojilarni shaxsiy chatga yuborsangiz va ularni bossangiz suhbatdosh bilan bir vaqtning o‘zida to‘liq ekranli animatsiyani ko‘rishingiz mumkin.