«Agrobank» filiali mansabdorlariga 4 mlrd so‘mni talon-toroj qilish aybi qo’yilmoqda

“Agrobank” ATB Qashqadaryo viloyat boshqarmasi Qamashi filiali mansabdorlari  4 mlrd so‘mga yaqin mablag‘larni o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilishda gumonlanmoqda. Holat yuzasidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (Mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda. Tergov davomida 3 nafar mansabdor shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tergovning borishi alohida nazoratga olinganligi aytilmoqda. Uning yakuni bo‘yicha batafsil axborot berish mo’ljallangan. Ma’lumotlarga ko’ra, o‘zlashtirilgan summa salkam 4 mlrd so‘mni tashkil etadi.

2 Replies to “«Agrobank» filiali mansabdorlariga 4 mlrd so‘mni talon-toroj qilish aybi qo’yilmoqda”

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan