Toshkent shahrida birinchi “Korzinka Biznes” ulgurji do‘koni ochiladi.

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Суббота, Июн 3, 2023
“Korzinka” supermarketlar tarmog‘i egasi Anglesey Food “Korzinka Biznes” brendi ostida yangi savdo yo‘nalishini yo’lga qo‘ymoqda. Korzinka Biznes – bu “Anglesey Food” kompaniyasining faqat yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan ulgurji savdoga yo’naltirilgan maxsus yo‘nalishi hisoblanadi. Poytaxtning Sergeli tumanida 15-fevral kuni birinchi B2B do‘konining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Bu haqida kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Korzinka Biznes – “Anglesey Food” kompaniyasining faqat yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni ulgurji savdoga yo’naltirishning maxsus yo‘nalishi bo’lib, bu orqali kichik va o’rta biznesni rivojlantirish ham maqsad qilingan.
Xaridorlar uchun yangi yo’nalish orqali narxlardan tortib, xarid jarayoni va hujjatlarni rasmiylashtirishgacha qulay shart-sharoitlar yaratilishi ko’zlanmoqda.
Do’konda faqat naqd pul to’lovlari qabul qilinadi. Oddiy va tushunarli hujjatlar tadbirkorlik subyektlariga soliq bo‘shliqlarisiz QQS hisob-kitobini shaffof tarzda amalga oshirish imkonini berishi aytilmoqda.
Xo’sh, Korzinka Biznes asosan kimlarga mos keladi?
• Qayta sotish maqsadida tovarlarni xarid qilish uchun kichik chakana savdo shahobchalari, minimarketlar, maishiy xizmat ko’rsatish do’konlari egalariga;
• Ovqat tayyorlash uchun tovarlardan foydalanadigan kafelar, restoranlar, mehmonxonalar, fast-food va boshqa umumiy ovqatlanish korxonalariga;
• O‘quvchilarning ovqatlanishini tashkil etishda maktablar, bolalar bog‘chalari va boshqa ta’lim muassasalari uchun;
• Ofis ehtiyojlari, xodimlar uchun sovg’alar, korporativ tadbirlar va o’z faoliyati davomida yuzaga keladigan boshqa ehtiyojlar uchun tovarlar sotib oladigan har qanday boshqa korxona va tashkilotlarga mo’ljallanmoqda.
Thank you for your sharing. I am worried that I lack creative ideas. It is your article that makes me full of hope. Thank you. But, I have a question, can you help me?