O’zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari qariyb 36 milliard dollarga yetdi

1-fevral holatiga ko’ra, O’zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari bir oy davomida 174 million AQSh dollariga oshib, 35.9 milliard dollarni tashkil qildi.

Qimmatbaho metallar fizik hajmining qisqarishiga qaramay, jahon bozoridagi qiymati 492 million dollarga ko’tarildi.
So’nggi oylar mobaynida oltinning fizik hajmi 12.7 million troy untsiyadan 12.4 million untsiyagacha kamaygan edi. Shu bilan birga, jahon bozorida oltin bahosining ko’tarilishi tufayli, uning qiymati 492 million dollarga yetdi. Ayni damda o’tgan oydagi zaxira 23,5 milliard dollarga baholanmoqda.
O’tgan yili yanvar oyida valyuta zahiralari hajmi 331 million dollarga kamayib, 11,3 milliard dollarni tashkil qilgani haqida ma’lumot berilgandi.
Eslatib o’tamiz, 2022-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston oltin zaxiralarini 34 tonnaga oshirdi. Shu bilan birga, mamlakatimiz 2 tonnaga yaqin oltin eksport qilgan.

One Reply to “O’zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari qariyb 36 milliard dollarga yetdi”

  1. Very nice post. I just stumbled upon your blog and wanted to say that I’ve really enjoyed browsing your blog posts. In any case I’ll be subscribing to your feed and I hope you write again soon!

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *