Xitoy va Malayziya aviakompaniyalari Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo’lga qo’yadi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Среда, Июн 7, 2023
Xitoyning «Loong Air» aviakompaniyasi Siyan — Toshkent — Siyan yo`nalishi bo`yicha parvozlarni boshlaydi. Bu haqida «Uzbekistan Airports» matbuot xizmati xabar bermoqda.
Birinchi yo`lovchi reysi 2023-yil 10-fevralga mo`ljallangan. Muntazam parvozlar Airbus A320 samolyotlarida haftada bir marta — juma kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
«Loong Air» — bosh qarorgohi Xanchjouda joylashgan Xitoy aviakompaniyasi bo`lib, yo`lovchi va yuk havo tashuvlarini amalga oshiradi.
2019-yilning 27-sentabr kunidan e’tiboran Xitoyning mazkur aviakompaniyasi Siyan shahridan Toshkentga charter reyslarni amalga oshirishni boshlagan edi.
Sal avvalroq, Malayziyaning “Malaysia Airlines” aviakompaniyasi 1-martdan parvozlarini tiklashi haqida ma’lum qildi. Bundan tashqari, “Azimut” aviakompaniyasi Moskvadan Termizga parvozlar sonini oshirgani, Vengriyaning Wizz Air aviakompaniyasi Abu-Dabidan Toshkentga reyslarni yo’lga qo’ymoqchiligi, Red Wings aviakompaniyasi esa Toshkentdan Stavropol va Ufaga parvozlarini boshlashi to’g’risida ma’lumot berildi.
I have read your article carefully and I agree with you very much. This has provided a great help for my thesis writing, and I will seriously improve it. However, I don’t know much about a certain place. Can you help me?
I don’t think the title of your enticle matches the content lol. Just kidding, mainly because I had some doubts after reading the enticle. https://accounts.binance.com/en/register-person?ref=P9L9FQKY