O’zbekistonning davlat qarzi qariyb 4 barobarga oshdi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Суббота, Июн 3, 2023
17 milliard dollar O’zbekiston nomidan olingan qarz, qolgan 6,16 milliard dollar davlat tomonidan kafolatlangan tashqi qarz hisoblanadi
2022-yilda O‘zbekistonning umumiy davlat qarzi 23,16 milliard dollarni tashkil qildi. 2016-yil yakuni bo‘yicha tashqi davlat qarzi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 8 foizni tashkil etgan bo‘lsa, o‘tgan yilgi holatga ko‘ra u 30,2 foizga oshgan. Umumiy tashqi qarz davlat qarzi va davlat tomonidan kafolatlangan qarzlar (davlat tashqi qarzi) hamda kafolatlanmagan tashqi qarzni (xususiy tashqi qarz) o‘z ichiga oladi. Bu mablag‘ning 17 milliard dollari O’zbekiston nomidan olingan qarzlardir. Qolgan 6,16 milliard dollari davlat tomonidan kafolatlangan tashqi qarz hisoblanadi. 2020-yildan boshlab yangi jalb qilinadigan davlat tashqi qarzi miqdorlarini qonuniy chegaralash amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan. 2022-yil uchun O‘zbekiston hukumati nomidan va O‘zbekistonning kafolati ostida tashqi qarzlarni jalb qilish bo‘yicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan hajmi 4,5 mlrd dollar, O‘zbekiston nomidan chiqariladigan davlat qimmatli qog‘ozlarining cheklangan sof hajmi 6,0 trln so‘m miqdorida belgilandi. Shu jumladan, Strategik islohotlar agentligi tashqi qarz o’sishining bir qator sabablarini keltirdi. Birinchisi, valyuta kursining o’zgarishi. 2017-yilda milliy valyuta kursi deyarli ikki baravarga pasaydi va so‘mda hisoblangan hamda AQSh dollariga o‘tkazilgan yalpi ichki mahsulot hajmi ham sezilarli darajada tushdi. Bu omil natijasida tashqi qarzning yalpi ichki mahsulotga nisbati 6 foizga oshdi. Ikkinchisi, mamlakatning tashqi qarz bozoriga kirishi, ya’ni kreditorlar oldidagi majburiyat. Uchinchisi esa COVID-19 omillarining ta’siriga bog’liq vaziyat hisoblanadi. Ushbu murakkab jarayonda tashqi qarzning YaIMga nisbati 9 foizga oshdi.