Toshkent shahrida 14 ta yirik savdo kompleksi ishga tushiriladi

2023-yilda poytaxtda xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun 20 trillion so’m kredit yo’naltiriladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev mutasaddilarga yil yakuniga qadar poytaxtda 14 ta yirik savdo kompleksini ishga tushirish, shuningdek, 12 mingta savdo-servis obyektlari tashkil etishni taʼminlash vazifasini topshirdi.

Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yigʻilishda 2023 yilda poytaxtda aholi bandligi masalasi muhokama qilindi. Jumladan, bu yili Toshkent shahrida xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun 20 trillion so‘m kredit yo‘naltiriladi, oilaviy tadbirkorlik uchun esa 300 milliard so‘m imtiyozli kreditlar ajratiladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar beryapti.

Mazkur yigʻilishda yangi ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha ulkan marralarga erishishda tadbirkorlarga tayanish, ularni qoʻllab-quvvatlash lozimligi taʼkidlandi.

Mutasaddilarga yil yakuniga qadar:

14 ta yirik savdo kompleksini ishga tushirish, shuningdek, 12 mingta savdo-servis obyektlari tashkil etishni taʼminlash;
57 ta mehmonxona, 3,5 mingta umumiy ovqatlanish va mahallalarda 7 mingta savdo-servis obyektlarini ishga tushirishga koʻmaklashish topshirildi.

Avvalroq Toshkent shahrini ishsizlikdan xoli hududga aylantirilish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilishi to’g’risida ma’lumot berilgandi. Bu boʻyicha Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining qarori eʼlon qilingan.

2 Replies to “Toshkent shahrida 14 ta yirik savdo kompleksi ishga tushiriladi”

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan