Google yaratgan sun’iy intellektning xatosi kompaniyaga 100 mlrd. dollar zarar keltirdi

Google’ning sun’iy intellektga asoslangan Bard nomli chatboti noto’g’ri javob bergani sababli, kompaniya aksiyalari 100 milliard dollarga pasaydi. Bard James Webb teleskopi haqida noto’g’ri fakt keltirgan.

Google’ kompaniyasi o’zining Bard deb nomlangan sun’iy intellekt chatbotini e’lon qildi. Ushbu bot hozirgi kunda juda ommalashayotgan ChatGPT’ga raqobatchi bo’lishi va dastur yanada ommaviylashishi kutilayotgandi.

Bard reklama roligidagi savolga noto’g’ri javob berdi. Ushbu bot James Webb Space teleskopi birinchi bo’lib Quyosh sistemasidan tashqarida joylashgan sayyorlarning suratlarini olgan degan ma’lumot berdi. Aslida esa boshqa gallaktikadagi sayyoralarni ilk bor 2004-yilda Yevropa janubiy observatoriyasining eng katta teleskopi — VLT aniqlagan.

Shundan keyin fond bozorida Google’ning ta’sischisi Alphabet kompaniyasi aksiyalari narxi 9 foizga tushib ketdi, hamda Bard’ning xatosi kompaniyaga 100 mlrd. dollarga tushdi.

One Reply to “Google yaratgan sun’iy intellektning xatosi kompaniyaga 100 mlrd. dollar zarar keltirdi”

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *