Osiyo taraqqiyot banki O’zbekistonga 150 mln. dollar kredit beradi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Четверг, Июн 8, 2023
Bundan tashqari, bank 400 ming AQSh dollari miqdoridagi texnik yordam granti ajratishni ma’qulladi.
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) 150 mln. AQSh dollari miqdoridagi kredit va 400 ming AQSh dollari miqdoridagi grant ajratilishni maʼqulladi. Ushbu mablag’ O‘zbekistonda iqtisodiy boshqaruvni yaxshilash uchun yo’naltiriladi.
Iqtisodiy boshqaruvni takomillashtirish dasturi doirasida berilayotgan qarz fiskal boshqaruvni kuchaytirish vositasida mamlakat iqtisodiyotini o‘zgartirish, moliyaviy boshqaruvning samaradorligi va shaffofligini oshirishga yordam berishi aytilmoqda.
Dastur shuningdek, raqobatni rag’batlantirish, korruptsiyaga qarshi kurash hamda auditning mustahkam tizimlari orqali davlat sektori mas’uliyatini oshirish uchun monopoliyaga qarshi kurash tizimlarini o’z ichiga oladi.
OTB ning Markaziy va G‘arbiy Osiyo bo‘yicha Bosh direktori Yevgeniy Jukov bank makroiqtisodiy, inklyuziv va barqaror o‘sishni taʼminlagan holda yordam berishda davom etishini ma’lum qildi.
Eslatib o’tamiz, O‘zbekiston Respublikasi OTB ga 1995-yilda a’zo bo‘lgan. O‘shandan beri mamlakatimizga 10,8 milliard dollar miqdoridagi kredit, grant va texnik yordamlar ajratildi.