Farmatsevtika agentligining sobiq direktori Sardor Kariyev qamoqqa olindi

«Dok-1 Maks» va “Ambronol” siropi sababli bolalar o’limi bo’yicha o’tkazilgan tekshiruvdan so’ng, budjet mablag‘larining sarf qilinishida belgilangan talablarning qo‘pol ravishda buzilganlik holatlari aniqlandi.

«Dok-1 Maks» va “Ambronol” siropining nojo‘ya taʼsiri sababli bolalar vafoti bo’yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi ortidan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi sobiq direktori Sardor Kariyev qamoqqa olindi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tekshiruvi yakunlariga ko‘ra aniqlangan juda ko‘p miqdordagi moliyaviy xato va kamchiliklar hamda budjet mablag‘larining sarf qilinishida belgilangan talablarning qo‘pol ravishda buzilganlik holatlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda DXX tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

«Dastlabki tergov davomida sifatsiz dori vositalarini O‘zbekistonga import qilib, isteʼmolga chiqarilishiga ruxsat bergan masʼullar doirasini aniqlab, harakatlariga huquqiy baho berishga qaratilgan kompleks tergov-tezkor harakatlari va tegishli ekspertizalar o‘tkazilmoqda», — deyiladi xabarda.

Shuningdek, “zaharli” siroplar tufayli “o‘tkir buyrak yetishmovchiligi” tashxisi bilan bolalar vafotidan so’ng qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida bir qator mansabdorlar qamoqqa olingan. To‘plangan dalillar asosida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi hamda uning huzuridagi “Dori vositalari, tibbiy buyum, tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK direktori hamda sodir etilgan jinoyatlarga aloqador bo‘lgan uning bir nechta jinoiy sheriklari ish bo‘yicha gumonlanib, ularga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *