Mebel eksportchilarini qo’llab-quvvatlovchi subsidiyalar ko’paytirilmoqda

Mebel materiallarini import qilish jarayonidagi imtiyozlar 2024-yilgacha uzaytiriladi.

Prezidentning mebel mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport qilishni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.

Ushbu qarorga ko’ra, 2023-yil 1-fevraldan 2024-yil 1-yanvarga qadar subsidiyalar miqdori oshirilmoqda. Xususan, tayyor mebel mahsulotlarini eksport qiluvchi tadbirkorlarga xorijdagi ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish xarajatlarining bir qismini qoplab berishdagi me’yor arendaga olingan maydonning 100 kvadrat metridan 250 kvadrat metrigacha oshiriladi.

Shuningdek, yillik tushumida tayyor mebel mahsulotlari eksportidan tushum ulushi kamida 30 foizni tashkil qiladigan mahalliy korxonalar tomonidan injener-texnolog, lak va bo‘yoq sepish ustasi, dizayner kabi xorijiy mutaxassislar jalb qilinganda, ular ish haqining 25 foizi eng kam ish haqi miqdorining 9 barobaridan oshmagan holda Eksportni rag‘batlantirish agentligi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

Bundan tashqari, 2024-yilgacha tegishli mebel ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo, ehtiyot qismlar, furnitura va aksessuarlar importida bojxona sjlig’ining nol stavkasi qo‘llaniladi.

Eslatib o’tamiz, 2022-yil noyabr oyida Prezident O‘zbekistonda mebel ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlarni e’lon qilgandi. Oltita hududda mebel sanoati markazlarini tashkil etish rejalashtirilgan bo‘lib, bunda zarur infratuzilma uchun 55 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi mo’ljallangan.

One Reply to “Mebel eksportchilarini qo’llab-quvvatlovchi subsidiyalar ko’paytirilmoqda”

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *