O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida temiryo‘l orqali yuk tashish tiklandi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Суббота, Июн 3, 2023
Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi va «Sogdiana trans» o‘rtasida Hayraton−Mozori-Sharif temir yo‘lining ekspluatatsiyasini davom ettirish bo‘yicha yangi shartnoma imzolandi.
8 – 10-fevral kunlari Termiz shahrida Afg‘oniston temir yo‘llari boshqarmasi rahbari Bayturraxmon Sharofat boshchiligidagi afg‘on delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi. Muzokaralar natijasida Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi va «Sogdiana trans» SHK o‘rtasida Hayraton−Mozori-Sharif temir yo‘lini ekspluatatsiya qilishni kelgusida davom ettirish bo‘yicha yangi shartnoma imzolashga kelishildi.
Shartnomaga ko‘ra, Afg‘oniston tomoniga yo‘naltirilgan vagonlarni «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ ning «Sogdiana trans» tomonidan Hayraton stansiyasiga yetkazib berish 10-fevral sanasidan boshlab qayta tiklandi.
Eslatib o’tamiz, mamlakatlar o‘rtasidagi qatnov shartnoma o‘z vaqtida bajarilmagani sababli to‘xtatilgandi. «O‘zbekiston temir yo‘llari» 1-fevraldan boshlab ikki davlat o‘rtasida tuzilgan shartnoma o‘z vaqtida bajarilmagani sababli O‘zbekistondan Afg‘onistonga temir yo‘l qatnovi vaqtincha to‘xtatilganini maʼlum qilgan edi.
Thank you for your sharing. I am worried that I lack creative ideas. It is your article that makes me full of hope. Thank you. But, I have a question, can you help me? https://accounts.binance.com/id/register-person?ref=JHQQKNKN