Yanvar oyida xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni so’ngi uch yillik rekordni yangiladi

1-fevral holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda chet ellik investorlar ishtirokidagi deyarli 15,5 ming firma faoliyat yuritmoqda.

2023-yil yanvar oyida O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokidagi 207 ta kompaniya paydo bo‘ldi. Bu so‘nggi uch yildagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanib, 2022-yilning birinchi oyi bilan taqqoslaganda bunday tashkilotlar deyarli 43 foizga ortgan.

2023-yil 1-fevral holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda chet ellik investorlar ishtirokidagi deyarli 15,5 ming firma faoliyat yuritmoqda. Yil davomida bu ko‘rsatkich 15,6 foizga oshgan. So’nggi besh yil ichida ishlab chiqarishga o’z mablag’ini kiritgan xorijiy kompaniyalar soni deyarli ikki barobarga o’sgan.

Yetakchi o‘rinni 3 151 ta korxonada to‘liq yoki qisman ulushi mavjud bo‘lgan Rossiya Federatsiyasi egallaydi. Ushbu davlatning ulushi respublikada xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar umumiy sonining 20,4 foizini tashkil qiladi. Shuningdek, O‘zbekiston iqtisodiyotiga o‘z kapitalini kiritayotgan Turkiya (ulushi 13,9 foiz), Xitoy (ulushi 13,6 foiz), Qozog‘iston (ulushi 7,9 foiz) va Janubiy Koreya (ulushi 5,8 foiz) davlatlari ishtiroki ham e’tiborga molik.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *