Samarqandlik tadbirkor elektr energiyasi hisobini sun’iy kamaytirib, davlatga 1.8 mlrd so’mlik zarar yetkazdi

“O.E” MChJ tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi miqdori sun’iy kamaytirilib, elektr ta’minoti korxonasiga taqdim etib kelingan.

Samarqand viloyati Toyloq tumanida elektr energiyasi hisob-kitobini noqonuniy ravishda kamaytirib, taqdim etib kelayotgan tadbirkor aniqlandi. Bu haqida Energetika vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Energetika vazirligi huzuridagi «Oʼzenergoinspeksiya» Samarqand hududiy bo‘limi tomonidan Toyloq tumani elektr ta’minoti korxonasida iste’molchilarning elektr energiyasidan foydalanishdagi qoidalarga rioya yuzasidan tekshiruv o‘tkazildi. O‘rganish davomida «O.E» MCHJ tomonidan foydalanilgan elektr energiyasining hisob-kitobi miqdori sun’iy ravishda kamaytirilgan holda hisobotlar elektr ta’minoti korxonasiga ma’lumot berib kelingani aniqlandi.

Oqibatda elektr ta’minoti manfaatlariga jami 1,8 milliard so‘m zarar yetkazildi.

Holat bo‘yicha qoidabuzar MCHJga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.

One Reply to “Samarqandlik tadbirkor elektr energiyasi hisobini sun’iy kamaytirib, davlatga 1.8 mlrd so’mlik zarar yetkazdi”

  1. Obrigado por compartilhar. Estou preocupado por não ter ideias criativas. É o seu artigo que me deixa cheio de esperança. Obrigado. Mas, eu tenho uma pergunta, você pode me ajudar?

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *