YTTB innovatsion agrobiznes g‘oyalarni tanlov asosida qabul qiladi

G‘oliblarga 80 ming yevrogacha bo‘lgan konsalting yordam hamda turli xil grantlar ajratiladi.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati sohasida AgVenture tanlovi uchun innovatsion g‘oyalar uchun arizalar qabul qilishni boshlaganligini ma’lum qildi.

Tanlov “Star Venture” dasturi doirasida o‘tkaziladi. Ko’plab mamlakatlar qatori O’zbekiston ham ishtirok etishi mumkin bo’lgan ushbu tanlov doirasidagi ahamiyatli innovatsion startaplarga YTTB tomonidan sarmoya kiritiladi.

Tanlov g’oliblari 80 ming yevrogacha bo’lgan konsalting yordam olishlari mumkin. Bundan tashqari, qo‘shimcha xizmatlar, tarmoq yaratish va xalqaro ixtisoslashtirilgan forumlarda ishtirok etish uchun 10 ming yevro miqdoridagi grant ajratish ko‘zda tutilgan.

AgVenture loyihasi oziq-ovqat xavfsizligi, iqlim o’zgarishi, maqsadli guruhlar va kichik biznesni global ta’minot zanjirlariga aylantirish singari masalalarni o’z ichiga oladi. G‘olib startaplar aprel oyi oxirida e’lon qilinadi.

YTTB 2050-yilga borib dunyo aholisi hozirgi 8 milliarddan 9,6 milliardgacha o’sishini bashorat qilmoqda. Bu qishloq xo’jaligi hududlaridagi suv tanqisligini oshiradi. Shu munosabat bilan bank innovatsion mahsulotlar, xizmatlar va texnologiyalarni rivojlantirishga sarmoya kirityapti. Ayni paytda oziq-ovqat mahsulotlarini yanada barqaror, samarali va inklyuziv qilishning muhim chora-tadbirlarini ishlab chiqish dolzarb mavzuga aylanib bormoqda.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *