O’zbekistonning suv tejamkor texnologiyalar bozoridagi ishtiroki qanchalik muhim?

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Суббота, Июн 3, 2023
Xalqaro ekspertlarning fikricha, jahon suv tejamkor texnologiyalar bozorining hajmi 9,3 mlrd AQSh dollariga teng.
Ehtiyojni qondirish va samaradorlikka erishish uchun dunyo Suv tejamkor texnologiyalar (STT) bozoriga integratsiyalashishi va uning ilg‘or tajribalarini O‘zbekistonda qo‘llash muhim ahamiyatga ega. Ushbu bozor yangi innovatsiyalarni jalb qilish orqali suv tejamkorligiga erishish, hosildorlikni yana-da oshirish, STT o‘rnatuvchi isteʼmolchilar uchun tanlash, bozorda raqobat muhitini yaratish imkonini beradi.
Xalqaro ekspertlarning fikriga ko‘ra, dunyo STT bozorining hajmi 9,3 milliard AQSh dollariga teng. 2028-yilga borganda bu ko‘rsatkich 23,3 milliard AQSh dollariga yetadi. Braziliya – 77 foiz, Ispaniya – 73 foiz , Italiya – 60 foiz, Janubiy Koreya ham deyarli shuncha maydonida STT dan foydalanmoqda.
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) ekspertlari O‘zbekistonning dunyo suv tejamkor texnologiyalar bozoridagi ishtirokini tahlil qildi.
O‘zbekiston o‘rta muddatli istiqbolda 2 million gektar maydonga suv tejamkor texnologiyalarni joriy qilishni mo‘ljallagan. Buning uchun joriy narxlarda umumiy qiymati 5,8 milliard AQSH dollariga teng bo‘lgan STT va uskunalar zarur.
Tahlillarga ko‘ra, respublika bo‘yicha STT qo‘llanilayotgan maydonlar so‘nggi besh yilda 7,7 marta ortgan. Agar STT qo‘llaniladigan maydonlar yana 10 baravar oshiriladigan bo‘lsa, u holda turli xildagi gidrotexnik jihozlarga bo‘lgan ehtiyoj 6,6 baravar ortadi. Respublikada STT uskunalarini ishlab chiqaruvchi sanoqli korxonalarning mavjudligi ichki raqobat muhitining shakllanmaganligi hamda ularning bu ehtiyojni to‘liq qondira olmasligini anglatadi.
O‘zbekistonning dunyo STT bozoriga integratsiyalashuvi mamlakat qishloq xo‘jaligida innovatsion texnologiyalardan foydalanishning kengayishi suv tejamkorligining 30 foiz, hosildorlikni esa 2 baravarga oshirish imkonini beradi. Shu bilan bir qatorda bu sohada quyidagi imkoniyatlar ochiladi:
– tobora dolzarb ahamiyat kasb etayotgan oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga xizmat qiladi;
– aholining isteʼmoli uchun birlamchi zurur bo‘lgan meva-savbzavotlar narxi barqarorligini taʼminlaydi;
– vegetatsiya davrida suv tanqisligi kamayadi va yerdan foydalanish samaradorligi oshadi;
– STT dan foydalanuvchilar (fermer va dehqonlar) da tanlash imkoniyati kengayadi va raqobat muhiti shakllanadi;
– tadbirkorlarda ushbu texnologiyani o‘rnatish uchun o‘z “biznes tashabbuslari” shakllanadi;
– sohalarda suv sarfini qatʼiy nazorat qilish imkoniyatlari ortadi;
– STT uskunalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan MIZ yoki KSZ larni tashkil etish imkoniyatlari ochiladi.
Tadqiqotda mahalliy STTni ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko‘rsatuvchilarning bozordagi holatini baholash uchun Xerfindal – Xirshman indeksi (HHI) dan foydalanildi. U STT bozori qay darajada monopollashganini aniqlash imkonini beradi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2021-yilda mahalliy STT bozorining HHI indeksi 3912 ni tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yilda 2518 ga pasaygan (HHI meʼyori ≤1800). Biroq STT bozorining hududiy jihatdan bitta yoki ikkita ishtirokchi va xizmat ko‘rsatuvchiga bog‘lanib qolishi tufayli so‘nggi uch yil ichida bir gektar maydonga STT ni o‘rnatish narxi 1,6 baravar oshdi.