Neyron tarmog’ining mashhurligi oshmoqda: sun’iy intellekt ChatGPT’ tibbiy imtihonni muvaffaqiyatli topshirdi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Суббота, Июн 3, 2023
Sun’iy intellekt ChatGPT ‘ Google’ kompaniyasida 183 000 dollar maosh oladigan kichik dasturchi lavozimi uchun suhbatdan muvaffaqiyatli o’tdi
OpenAI tomonidan yaratilgan sun’iy intellekt ChatGPT’ va shunga o’xshash neyron tarmoqlarining mashhurligi kun sayin ortib bormoqda. Chatbot allaqachon kurs ishi, maqola hamda bazaviy darajada bo’lsa-da programmistlar uchun dastur kodi yozishda yordamlashadi va murakkab savollarga javob berishi mumkin. Bot hattoki she’r va insholar ham yozish imkoniyatiga ega.
OpenAI’ kompaniyasi 2022-yilning 30-noyabrida ChatGPT’ chatbotini ishga tushirdi. Bu texnologiya kopirayterlar, jurnalistlar, maktab o’qituvchilari va boshqa soha vakillarini ishsiz qoldiradi, degan xavotir paydo bo’ldi.
Ushbu loyihaga bir paytlari Ilon Mask sarmoya kiritgan. Hozirda uning asosiy sarmoyadori Microsoft’ kompaniyasi hisoblanadi. Microsoft’ sun’iy idrokka asoslangan ChatGPT’ uchun yana 10 mlrd AQSh dollari miqdoridagi sarmoya kritmoqchi.
Microsoft kompaniyasi hozirgacha OpenAI’ga aqlli chatbot uchun 3 mlrd dollar sarmoya kiritgan. OpenAI’ning asosiy vazifasi inson miyasi darajasidagi sun’iy intellektni ishlab chiqishdan iborat. Ijtimoiy tarmoqlarda ChatGPT’ ni “Google qotili” deb ham atashmoqda. Bot 1 mln foydalanuvchiga ega bo’lishi uchun atigi besh kun ketgan.
So’nggi xabarlarga ko‘ra, bot yana bir muhim qadamni qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi – u Qo‘shma Shtatlardagi stajyorlar va tibbiyot talabalarining malaka darajasini sinab ko‘rish uchun qo‘llaniladigan tibbiy sinov-imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Ma’lumotlarga ko’ra, chatbot test savollarining 89 foiziga to‘g‘ri javob bera olgan. Imtihon oluvchi mutaxassislarning ta’kidlashicha, neyron tarmog’i test tashxisida “aniq bo’lmagan, ammo klinik jihatdan asosli gipotezani” ilgari surdi.
E’tibor bering, faqat tibbiy adabiyotlar bo’yicha o’qitilgan, xuddi shunga o’xshash PubMedGPT’ modeli to’g’ri javoblarning 50,8 foizini topa olgan. Garchi, ekspertlar chatbotning inson kabi bilimga ega ekanligiga shubha qilishsa-da, bu muvaffaqiyat sun’iy intellektning ilk natijasi emas. Tizim avval Pensilvaniya universiteti va Minnesota universitetlaridagi Uorton biznes maktabidagi imtihonlardan ham o‘tgan.
Aqlli chatbotning Google’ kompaniyasida yiliga 183 000 dollar maosh oladigan kichik dasturchi lavozimi uchun sinov-suhbatida ijobiy ko’rsatkich qayd etgani shov-shuvlarga sababchi bo’lgan edi.
Eslatib o’tamiz, avvalroq ChatGPT’ ga raqobatchi sanalayotgan Google’ning Bard’ nomli chatboti reklama roligida savolga noto’g’ri javob bergani sababli, kompaniya aksiyalari 100 milliard dollarga tushib ketgani haqida yozgan edik. Sun’iy intellekt boti hozirda O’zbekistonda rasmiy ravishda mavjud emas. Unga faqat VPN’ orqali ulanish mumkin.