AQSh dollari haqida siz bilgan va bilmagan 10 ta qiziqarli fakt

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Суббота, Июн 3, 2023
Dollar – dunyodagi eng ko’p chop etiladigan valyuta hisoblanadi. Har kuni 35 milliondan ortiq turli nominaldagi banknotalar muomalaga chiqariladi. Chop etilgan pullarning 30-50 foizi AQSh hududidan tashqariga chiqib ketadi.
1. Dollar so‘zi Germaniyada o‘rta asrlarda paydo bo‘lgan tanga nomi – «taller»dan kelib chiqqan. Keyinchalik “taller” Germaniyada butunlay muomaladan chiqib ketdi. Uning o‘rniga “marka” kirib keldi. Biroq, uning nomi xalq orasida qolib ketdi. O‘sha paytlarda Angliya va Ispaniya mustamlakalarida “peso” nomi bilan mashhur bo‘lgan ispan tangalari muomalada bo‘lgan. Bu tangalarni ko‘p joylarda adashgan holda «dalar» deb atashar edi. Uzoq urushlardan so‘ng mustaqillik erishgan AQSh hukumati davlatning rasmiy valyutasini muomalaga kiritish chog‘ida unga hech ikkilanmay hammaga ma’lum va mashhur bo‘lgan «dollar» nomini tanlagan.
2. Dollarlar juda chidamlidir. Zamonaviy kupyuralar 4 mingdan ziyod bukilishlarga chidaydi. AQSh Federal Zaxira Tizimi ma’lumotlariga ko‘ra, 1 dollarlik — 22 oyda, 5$ — 24 oyda, o‘ntalik — 18 oyda, 20$ — 25 oyda, 50$ lik — 55 oyda yangisiga almashtiriladi. Yuztalik eng ko‘p «yashaydi», u 60 oy (5 yil) aylanib yuradi.
3. Uzun inglizcha ibora «Piece of Eight», ya’ni 1/8 (nimchorak) qog‘ozda o‘chirilgan 8 ga aylanib, oxir-oqibat bizga tanish bo‘lgan dollar belgisi ($) paydo bulgan.
4. Dollar jargonda «baks» deb ham ataladi. Bu so‘z bug‘uning terisi nomidan kelib chiqqan bo‘lib, ingliz tilida bug‘u erkagining nomi – buck. U bir paytlar hindular bilan savdo qilishning asosiy quroli bo‘lgan.
5. Dollar tangalarning ham o‘z nomlari bor: 1 sentlik — penni, 5 sent — nikel, 10 sent — daym, 25 sent — kvota, 50 sent — haf deb yuritiladi.
6. Dollarni ishlab chiqarish uchun zig‘ir va paxta tolalaridan foydalaniladi. Dollarlar nashr qilinadigan qog‘oz tarkibiga 25 foiz zig‘ir, 75 foiz paxta va ko‘p bo‘lmagan hajmda mayda sintetik tolalar kiradi. Bu tolalar ko‘k va qizil rangga ega bo‘lib, butun kupyura ustida ko‘rinib turadi. Banknotning taxminiy og‘irligi — 1 gramm.
7. Eng ko‘p tarqalgan banknota bu — 1 dollarlik. Nashr qilingan banknotalarning deyarli yarmi 1 dollarliklarni tashkil qiladi. 2 dollarlik banknotalar oxirgi marta 2003 yilda zarb qilingan va bora-bora muomaladan chiqib bormoqda.
8. Kuniga 35 mln. banknota ishlab chiqiladi. Shiqirlab turadigan AQSh dollarlari kuniga muomalaga kiritiladi. Agar nominallar bo‘yicha hisoblansa, Qo‘shma Shtatlarda kuniga 635 mln. dollar atrofida chiqariladi. Biroq, xuddi shu miqdordagi banknotalar har kuni qo‘llashga yaroqsiz holga kelgani uchun muomaladan chiqariladi ham.
9. Dollarlarni 1929-yildagi standartlar bo‘yicha zarb qilishadi. Dunyodagi eng mashhur kupyuralarning ustki ko‘rinishini 1929 yilda tasdiqlashgan. O‘sha vaqtda kupyuraning old qismida portret, orqa qismida tarixiy obidalar, arxitektura va tabiat tasvirlanadi, deb ta’sis etilgan.
10. Dollar muomalaga kiritilgan vaqtdan boshlab AQSh hukumati uning qiymatini oltin bilan bog‘lagan. 1792 yilda oltinning bir untsiyasi 19,3$ deb belgilangan. 1834 yilda AQShning oltin zaxirasi yetarli bo‘lmaganligi tufayli untsiya bahosi 20,67$ga ko‘tarilgan. Bu qiymat asrlar davomida o‘zgarib borsa-da, dollarning oltin bilan baholanishi va bog‘liqligi saqlanib qolavergan.
I have read your article carefully and I agree with you very much. So, do you allow me to do this? I want to share your article link to my website: gateio