Zilziladan so’ng Turkiya iqtisodiyotiga yetkazilgan zarar 84 milliard dollardan oshishi mumkin

Zilzilalar Turkiya iqtisodiyotiga 84 milliard dollar yoki YAIM ning qariyb 10 foizi miqdorida zarar keltiryapti.

Turkiyada turar joy binolariga yetkazilgan zarar 70,8 milliard dollarni tashkil qilmoqda. Zilzila oqibatlari mamlakat byudjeti daromadlarining 10,4 milliard dollarga kamayishiga olib keladi, ishchi kuchi sonining qisqarishi evaziga mehnat yo‘qotishlari esa Turkiya iqtisodiyotiga kamida 2,9 milliard dollar ziyon keltiradi.

Turkiyadagi zilzilalar mamlakat iqtisodiyotiga 84 milliard dollar yoki mamlakat YAIMning qariyb 10 foizi miqdorida zarar yetkazishi mumkin. Bu haqda Bloomberg nashri Turkiya tadbirkorlar konfederatsiyasi va respublika ishbilarmon doiralari vakillarining hisob-kitoblariga asoslanib xabar bermoqda.

Ishbilarmonlar guruhi maʼlumotlariga ko‘ra, turar joy binolariga yetkazilgan zarar 70,8 milliard dollarni tashkil etgan. Zilzila oqibatlari mamlakat byudjeti daromadlarining 10,4 milliard dollarga kamayishiga olib kelishi ehtimoli mavjud. Ishchi kuchi miqdorining qisqarishi esa Turkiya iqtisodiyotiga 2,9 milliard dollarga tushadi.

Avvalroq, 8-fevral kunidan boshlab Turkiya fond birjasi 24 yil ichida birinchi marta savdolarni 14-fevralga qadar to‘xtatgani haqida xabar berilgandi.

One Reply to “Zilziladan so’ng Turkiya iqtisodiyotiga yetkazilgan zarar 84 milliard dollardan oshishi mumkin”

  1. I am currently writing a paper and a bug appeared in the paper. I found what I wanted from your article. Thank you very much. Your article gave me a lot of inspiration. But hope you can explain your point in more detail because I have some questions, thank you. 20bet

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan