O’zbekistonda dizel yoqilg’isining narxi qariyb 9 foizga pasaydi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Суббота, Июн 3, 2023
Sintetik dizel yoqilg‘isining bir tonnasi uchun boshlang‘ich narxi 11 855 380 so‘mga arzonlashdi
“O‘zbekneftgaz” AJ 13-fevral sanasidan boshlab tovar xomashyo birjasi orqali sotuvga qo‘yiladigan sintetik dizel yoqilg‘isining bir tonnasi boshlang‘ich narxini 11 855 380 so‘mgacha arzonlashtirdi, deb xabar bermoqda matbuot xizmati.
Dizel yoqilg‘isi narxi bosqichma-bosqich pasaytirilmoqda. Jumladan, 2022-yilning 29-avgustidan sintetik dizelning 1 tonnasi uchun boshlang‘ich narxi – 15 550 500 so‘mdan 14 504 378 so‘mga, 13-sentyabrdan – 14 504 378 so‘mdan 13 897 110 so‘mga va 31-oktyabrdan 13 897 110 so‘mdan 12 998 420 so‘mgacha arzonlashtirilgan edi.
Maʼlumot uchun, “Uzbekistan GTL” yoqilg‘isi Shveysariya “SGS” guruhining Belgiya, Estoniya va Fransiyadagi sertifikatlangan markazlarida sinovdan o‘tkazilgan.
GTL dizeli “Yevro-4” va undan yuqori bo‘lgan yonilg‘ida ishlaydigan yengil avtomobillar va yuk mashinalari, shuningdek, mahalliy va xorijda ishlab chiqarilgan gabarit va maxsus dizel yonilg‘isi bilan harakatlanadigan transport vositalari uchun ideal tarzda mos keladi.