O’zbekistonda xorijliklarning kriptovalyuta fondlaridan foydalanishi cheklandi

Markaziy bank O’zbekistonda valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga o’zgartirish kiritdi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruv kengashi O‘zbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qaror qabul qildi.

Ushbu hujjatga muvofiq, kriptovalyutalar bilan operatsiyalarga oid bir qator o‘zgartirishlar qabul qilindi. Jumladan, norezident yuridik shaxslarning xorijiy hisobvaraqlaridan o’tkazilgan mablag‘lar, shuningdek kriptoaktivlarni kripto birjada sotishdan olingan mablag‘lar ularning hisob raqamlariga xorijiy valyutada kiritilishi mumkin. Ayni jarayonda Markaziy bank rasmiy valyuta kursini belgilaydi.

Bu tarzda o‘tkazilgan mablag‘lar keyinchalik kriptoaktivlarni sotib olish uchun kriptobirjaga yoki ushbu norezident yuridik shaxslarning xorijiy hisob raqamlariga o’tkazilishi mumkin.

Chet eldan olingan mablag‘larni boshqa maqsadlarda ishlatish taqiqlanadi.
Ushbu hujjat allaqachon kuchga kirgan.

2 Replies to “O’zbekistonda xorijliklarning kriptovalyuta fondlaridan foydalanishi cheklandi”

  1. Your article made me suddenly realize that I am writing a thesis on gate.io. After reading your article, I have a different way of thinking, thank you. However, I still have some doubts, can you help me? Thanks.

  2. At the beginning, I was still puzzled. Since I read your article, I have been very impressed. It has provided a lot of innovative ideas for my thesis related to gate.io. Thank u. But I still have some doubts, can you help me? Thanks.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *