Rossiya hukumati oʼzbekistonliklarni qurilish ishlariga jalb qilishni toʼxtatadi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Среда, Июн 7, 2023
Oʼzbekistonlik quruvchilarni jalb qilish dasturi boʼyicha muhojirlarning qariyb 65 foizi Rossiyaga kiritilmagan
Rossiya Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi 2021-yil oktyabr oyida boshlangan Oʼzbekiston fuqarolarini Rossiya qurilish obʼektlariga jalb etish boʼyicha sinov loyihasini toʼxtatib turishni rejalashtirmoqda.
Dastur doirasida ish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish tartiblari Oʼzbekistonga oʼtkazildi. Rossiya hukumati dasturni davom ettirishni maʼqul koʼrmadi.
Tajriba loyihasi doirasida Rossiyaning qurilish obektlariga 4 750 nafar Oʼzbekiston fuqarosi jalb etilgan.
Rossiya Qurilish vaziri oʼrinbosari Nikita Stasishin oʼzbekistonlik quruvchilarni jalb qilish dasturi boʼyicha muhojirlarning qariyb 65 foizi Rossiyaga kiritilmaganini maʼlum qilgan.
Eslatib o’tamiz, 2022-yilda Oʼzbekistonga pul oʼtkazmalari rekord darajadagi 16,9 mlrd dollarga yetgan. Oʼtkazmalarning 85 foizi yoki qariyb 14,5 mlrd dollari Rossiya hissasiga toʼgʼri keladi.
Your article helped me a lot, is there any more related content? Thanks! https://accounts.binance.com/kz/register?ref=V2H9AFPY