Apple’ haqida siz bilgan va bilmagan 10 ta qiziqarli fakt

Apple’ har kuni dunyodagi tug‘iladigan chaqaloqlar sonidan ko‘proq “iPhone” sotadi

Jobs garajidagi kichkina startapdan odamlarning raqamli texnologiyalar haqidagi g‘oyalarini o‘zgartirgan ko‘p milliardli korporatsiya aylangunga qadar qiziqarli yo‘lni bosib o‘tdi. Uning asoschisi – Stiv Jobs ko‘pchilik uchun kumirga aylangan.

Quyida Apple’ haqidagi 10 ta faktni keltirib o‘tamiz:

  • Apple’ soniyasiga 5400 AQSh dollari ishlab topadi.

Shubhasiz, Apple’ eng boy kompaniyalardan biridir. 2013-yilda kompaniyaning sof foydasi 171 milliard dollarni tashkil etgan. Bir sutkada 86 400 soniya, bir yilda esa 365 kun borligini hisobga olib, oddiy hisob-kitoblarni amalga oshirsangiz, har soniyada Apple 5400 dollar ishlab topishi ma’lum bo‘ladi.

  • Apple’ budjeti AQSH Moliya Vazirliginikidan ko‘p.

Apple’da 160 milliard dollar, vazirlikda esa 49 milliard dollar bor. Aynan shu mablag‘larni Apple’ o‘zining yangi hashamatli kampusini qurishga sarflamoqda.

  • Apple’da Isaak Nyutondan ilhomlanishadi.

Nyuton ingliz fizigi va matematigi, insoniyat sivilizatsiyasi tarixidagi eng buyuk aql egalaridan biridir. Aytishlaricha, u boshiga olma tushganidan keyin tortishish qonunini kashf etgan. Shu sababli, kompaniyaning dastlabki logotipida olma daraxti ostida o‘tirgan Nyuton tasvirlangan. Apple’ tomonidan ishlab chiqilgan birinchi qo‘l kompyuterlaridan biri ham Apple Newton’ deb nomlangan.

  • Barchasi oddiy kalkulyatordan boshlangan.

Kompaniyani ishga tushirish uchun pul zarur edi. Buning uchun Jobs mikroavtobusini, Voznyak esa kalkulyatorini sotishiga to‘g‘ri kelgan. Kalkulyator o‘sha vaqtlarda mashinadan qimmatroq baholangan. Shuningdek, o‘sha vaqtlarda har qanday kompyuter va hisoblash texnologiyalari juda qimmatga tushar, Woz kabi dasturlashtiriladigan kalkulyator esa oltinga teng edi. Shunday qilib, Voznyak sotgan kalkulyator narxi 500 dollarni tashkil qilgan. Hozirgi qiymati esa 2000 dollar atrofida.

  • Apple’ning birinchi kompyuteri narxi 666,66 dollar bo‘lgan.

Kompaniyaning birinchi kompyuteri Apple-1’ning chakana narxi 666,66 dollarni tashkil qilgan. Voznyakdan ushbu miqdorni tanlashning sababi nimada deb so‘rashganida, u shunchaki bu raqamlarni terish qulayroq ekanligini aytgan.

  • Apple mahsulotlari samolyotlarda yetkazib beriladi.

An’anaviy parom va barjalar o‘rniga Apple o‘z mahsulotlarini yetkazib berish uchun samolyotlardan foydalanadi. Bu ancha qimmat, ammo bir qator afzalliklarga ega. Birinchidan, qurilmalar do‘kon javonlarida juda tez paydo bo‘ladi. Ikkinchidan, samolyotlarni talash ancha qiyin va ularni tutib olish olish deyarli imkonsiz. Apple kompaniyasining eng yirik “samo hamkori“ Cathay Pacific aviakompaniyasi hisoblanadi.

  • Stiv Jobs hech qachon haqiqiy otasini ko’rmagan.

Viskonsin universiteti talabasi Joanna Shibl 1955-yilda homilador bo‘ladi va o‘zining yigiti, suriyalik muhojir Abdufatta Jandali bilan birga bolani tashlab ketmoqchi bo‘lishadi. Biroq oshiqlarning ota-onalari bolani asrab olishga berishadi. Joanna Shibl farzandining bo‘lajak ota-onasi oliy ma’lumotli bo‘lishini xohlaydi. Vaholanki, bolani yuqori maktabdan chetlashtirilgan Pol Jobs va kollej talabasi Klara Jobslar asrab olishadi. Shibl va Jandali esa bir qancha vaqt o‘tgach, turmush qurishgan va Monu Simpson ismli qiz farzandlari bo’lgan. Jobs esa hech qachon haqiqiy otasini ko‘rmagan, ammo o‘limidan oldin u bilan elektron pochta orqali yozishgan.

  • Kompaniya muvaffaqiyatiga ulkan hissa qo‘shgan uchinchi shaxs – Ronald Ueynni ko’pchilik bilmaydi.

Jobs Atari’ kompaniyasida ishlab yurganida u bilan do‘stlashgan. Ueyn nafaqat kompyuterlarni yaratishda ishtirok etgan, balki ular uchun qo‘llanmalar ham yozgan. Shuningdek, kompaniyaning birinchi logotipi – “olma“ g’oyasini ham taqdim etgan.

  • Apple “baxtli“ kiyimga ishonadi.

Jobs taqdimotlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, u har doim bir xil kiyim bilan taqdimotga chiqqan: Levis’ ning jinsi shimlari, qora vodolazka va New Balance krossovkalari. Ushbu “stil“ juda mashhur bo‘lgan va Stiv vafotidan keyin ham an’anaga aylandi.

  • Apple dunyoda birinchi “raqamli kamera” sotgan.

U Apple QuickTake 100′ deb nomlangan va o‘sha paytda inqilob bo‘lgan. Ammo, uning kamchiliklari ham yetarlicha edi: xotirasida bor-yo‘gi sakkizta fotosurat uchun joy bor edi. Vizor yo‘q va fotosuratlarning sifati ham unchalik yaxshi emasdi. Shu bois, qurilma hech qanday natijaga erishmagan.

 

 

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *