O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi 2023-yilda 5 foizgacha sekinlashadi

“S&P” xalqaro reyting agentligi 2023-yilda Ukrainaga qarshi urush va global iqtisodiy o‘sishning sekinlashishi fonida O‘zbekiston YAIM o‘sishi 5 foizgacha sekinlashishini prognoz qilmoqda.

S&P Global Ratings xalqaro reyting agentligi O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti o‘sishini 2023-yilda 5 foiz, 2024-yilda esa 5,5 foiz darajasida prognoz qilmoqda. Bu haqda reyting agentligining O‘zbekiston bank sektori tahliliga bag‘ishlangan hisobotida ma’lum qilindi.

2022-yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti Ukrainaga qarshi urush oqibatlarini agentlik tahlilchilari taxmin qilganidan ko‘ra yaxshiroq yengib o‘tdi, bunga Rossiyadan pul o‘tkazmalarining ko‘payishi hamda Rossiya bilan savdo hajmining oshishi sabab bo‘ldi. Mintaqadagi va jahondagi murakkab geosiyosiy vaziyatga qaramay, iqtisodiyot tiklanishda davom etishi aytilmoqda.

Tahlilchilar iqtisodiy muhit 2022-yildagi mo‘’tadil o‘sish bilan solishtirganda, 2024-yilga kelib kreditlashning 25−30 foizga o‘sishini qo‘llab-quvvatlashini kutmoqda. Ba’zi yutuqlarga qaramay, dollarlashuv keyingi ikki yil davomida yuqori darajada qolishi mumkin.

2022-yili aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot 9,3 foizga o‘sdi va 2146,7 dollarni tashkil etdi. Biroq yashirin iqtisodiyotning sezilarli hajmi tufayli aholining real daromadlari rasmiy daromadlardan yuqori bo‘lishi mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hukumatning sof qarzi 2025-yilga borib YAIMning 23 foizini tashkil etadi — bu xalqaro kontekstda past daraja. Joriy hisob taqchilligi keyingi uch yil ichida yalpi ichki mahsulotning o‘rtacha 6 foizini tashkil etadi, lekin to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va qarzlar oqimi hisobiga moliyalashtiriladi.

One thought on “O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi 2023-yilda 5 foizgacha sekinlashadi

  1. Reading your article helped me a lot and I agree with you. But I still have some doubts, can you clarify for me? I’ll keep an eye out for your answers.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan