2023-yil yanvar oyida “Cobalt” Qozog’istonda eng ko’p sotilgan avtomobil bo’ldi

Yanvar oyida qozog’istonliklar jami 2.7 ming dona “Chevrolet Cobalt” xarid qilishgan.

Qozog‘iston avtobiznes assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar oyida qozog‘istonliklar jami 2,7 ming dona “Chevrolet Cobalt” xarid qilishgan. Hisobotga ko’ra, 2023-yil yanvar oyida ham “Cobalt” Qozog’istonda eng ko’p sotilgan avtomobil sifatida yetakchilik qilmoqda.

Ushbu reytingda kuchli uchlikni 789 dona “Hyundai Tucson”, 550 dona “Kia Sportage” avtomobillari xarid ko’rsatkichi bilan band etib turibdi. Chevrolet Nexia’ ham Qozog’istonda ancha mashhur avtomobillardan biri hisoblanadi. O’tgan oyda jami bo’lib, 278 ta “Chevrolet Nexia” avtomobillari sotilgan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan