Buyuk Britaniya va AQSH Oʻzbekistonda kichik biznesni qoʻllab-quvvatlaydi

Buyuk Britaniya elchixonasi va AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi birgalikda O’zbekistondagi kichik biznesni rivojlantirishga ko’maklashadi

Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi va AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) missiyasi Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi va toʻqimachilik sanoati doirasida kichik biznesni qoʻllab-quvvatlashga oid hamkorlik shartnomasini imzolashdi. Hujjat Buyuk Britaniya elchisi Tim Torlou va USAID missiyasi direktori Mikaela Meredit ishtirokida imzolandi.

Buyuk Britaniya elchixonasi matbuot xizmati xabariga koʻra, bu tomonlar o’rtasidagi birinchi kelishuv hisoblanib, oʻzbek eksportchilariga Buyuk Britaniyaning Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun savdo sxemasi (GSP) imtiyozlaridan yuqori darajada foydalanish imkonini beradi. Shu bilan birga, O‘zbekiston jahonda birinchi bo‘lib 91 foiz tovarlarini nol tarif stavkasida eksport qilish imkonini beruvchi imtiyozli savdo tizimiga qo‘shildi.

Buyuk Britaniya hukumati granti hisobidan moliyalashtirilayotgan loyiha qishloq xo‘jaligi va to‘qimachilik mahsulotlarining Birlashgan Qirollik, Yevropa Ittifoqi va boshqa mamlakatlarga eksportini oshirishga qaratilgan. Ushbu loyiha Samarqand, Buxoro, Namangan, Sirdaryo va Qoraqalpog‘istonda tadbirkorlar salohiyatni oshirishga yo’naltirilgan o’quv dasturlari va tadbirlarini o‘z ichiga oladi. Jumladan, ayollarni kashtachilik namunalarini raqamlashtirishga o‘rgatish va qo’l mehnati hisoblangan to‘qimachilik mahsulotlarini sotish uchun xaridorlar topishga ham ko‘maklashadi.

Shuningdek, loyiha doirasida mahalliy fermerlar va qishloq xo‘jaligi kompaniyalari uchun pestitsidlar va o‘g‘itlardan ekologik jihatdan to‘g‘ri foydalanish, ishlab chiqarish va yig‘im-terimdan keyingi amaliyotlar, shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligi va sertifikatsiyasi bo‘yicha treninglar o‘tkaziladi. Ularning savdo hajmini oshirishi va yangi eksport bozorlariga chiqishi qo‘llab-quvvatlanadi.

Bundan tashqari, loyiha xalqaro sertifikatlangan muzlatilgan, quritilgan meva va sabzavotlar eksportini oshirishga ham yordam berishi kutilyapti.

One thought on “Buyuk Britaniya va AQSH Oʻzbekistonda kichik biznesni qoʻllab-quvvatlaydi

  1. I am currently writing a paper and a bug appeared in the paper. I found what I wanted from your article. Thank you very much. Your article gave me a lot of inspiration. But hope you can explain your point in more detail because I have some questions, thank you. 20bet

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan