Qaysi faoliyat turida kichik tadbirkorlik subyektlari koʻproq yangi tashkil etilgan?

Xususiy biznes va kichik tadbirkorlik subyektlarining eksportdagi ulushi 29,5 foizga yetdi.

Respublikamizda 2023- yilning yanvar oyida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) soni 6 mingdan oshdi. Iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha yetakchi o’rinlarni savdo sohasi (2 519 ta), sanoat sohasi (723 ta) hamda qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi sohasi (491 ta) band etib turibdi.

Respublikada 2017-yildan boshlab biznesni ro‘yxatga olish osonlashtirildi. Natijada ro‘yxatga olingan tadbirkorlik subyektlari soni 2017-yilda 229,6 mingtani tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yil oxiriga kelib 555,9 mingtaga yetdi. Natijada 2017-yilga nisbatan 2,4 barobarga ko‘paydi.

2022-yil yakunlariga ko‘ra, hududlarda faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 2017-yildagiga nisbatan Toshkent shahrida 2 barobar ortib, 106 mingtaga, Toshkent viloyatida 2,3 barobar ortib, 49,1 mingtaga, Samarqand viloyatida 2,9 barobar ortib, 47,9 mingtaga yetgan.

2019-yil 24-oktyabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni kreditlash tartibini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarorida belgilangan vazifalarning hayotga tatbiq etilishi tufayli 2018-2022-yillar mobaynida oilaviy korxonalar soni 2 barobar oshdi. Natijada xususiy biznes va kichik tadbirkorlik subyektlarining eksportdagi ulushi 29,5 foizga yetdi.

One Reply to “Qaysi faoliyat turida kichik tadbirkorlik subyektlari koʻproq yangi tashkil etilgan?”

  1. At the beginning, I was still puzzled. Since I read your article, I have been very impressed. It has provided a lot of innovative ideas for my thesis related to gate.io. Thank u. But I still have some doubts, can you help me? Thanks.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *