Nega ko’pchilik “UzAuto Motors” aksiyalarini sotib olishni istamayapti?

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Суббота, Июн 3, 2023
Monopoliyaning eng yomon jihatlaridan biri shundaki, uning mavjudligidan doimo kichik guruhlar manfaatdor. Ammo jamiyatning qolgan barcha a’zolari bunday monopol korxonalar ishlab turishi uchun turli ko’rinishda “soliqlar” to’lashga majbur. Oddiy odamlarning to’layotgan “soliqlari” esa ularni har yili qanchadir foizga kambag’allashishiga sababchi bo’ladi.
2022-yilda “erkatoy” monopol UzAuto Motors kompaniyasi 703 mlrd so’mlik soliq imtiyozlariga ega bo’lgan. Boshqalarini ham qo’shib hisoblaganda jami imtiyozlar hajmi karrasiga ko’proq bo’ladi. Ya’ni, kompaniya IPO orqali jalb qilgan investitsiyalari hajmidan 12,5 marta ko’proq “investitsiya”ni shunchaki soliq imtiyozlari orqali qo’lga kiritmoqda. Kompaniya uchun imtiyozlarga ega chiqishning yana bir muhim foydali jihati mavjud bo’lib, kompaniya imtiyozlar uchun amalda hech qanday majburiyatni zimmasiga olmaydi. Imtiyozlardan farqli ravishda chiqarilgan aksiyalarga kompaniya foydadan ulush to’lashi kerak bo’ladi.
So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, UzAuto Motors aksiyalar paketining bor-yo’g’i 0,3 foizi IPO orqali sotildi. Kompaniya 5 foizgacha aksiyasini mahalliy fond bozorida sotishni rejalashtirgandi. Lekin uning aksiyalariga bo‘lgan talab kutilganidan 17 barobarga kam bo‘ldi. Xo’sh, IPO aslida nima degani? IPO (ingliz tilidan olingan – Initial Public Offering) – aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini birlamchi oshkora taklif etish, degan ma’noni bildiradi. Aksiyalarning cheklanmagan shaxslar orasidagi dastlabki sotuvi va dastlabki taklif qilinishidir. IPO’ni o‘tkazishdan asosiy maqsad – korxonani rivojlantirish uchun keng doiradagi investorlardan kapital jalb qilish hisoblanadi.
IPO’larning davlatga foydasi shundaki, kompaniyalar hozirgi va bo‘lajak investorlari oldida hisobdor va shaffof bo‘lishga majbur bo‘ladi. Shuning uchun ular hisob yuritish tizimlarini isloh qilib, zamonaviy texnologiyalardan foydalanadi. Shuningdek, IPO mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishi yo‘lida xalq qo‘lidagi pul mablag‘larini jalb qilishning bir usuli hisoblanadi.
Dastlab, “UzAuto Motors” AJ aksiyalar paketining 10 foizgacha qismini mahalliy fond bozorida ommaviy joylashtirish ko‘zda tutilgandi. Keyinchalik IPO’ga chiqariladigan aksiyalar paketi 5 foizga, yakunda esa 1 foizgacha qisqartirildi.
IPO doirasida zavod aksiyalarini xarid qilish uchun 1383ta talabnoma kelib tushgan. Bu sotilayotgan aksiyalar umumiy hajmining 29,1 foizini tashkil etadi. Talab pastligi sababli investorlar narx diapazonining eng pastki qismidagi aksiyalarni sotib oladi. Har bitta aksiya narxi esa 72 500 so‘m. Muomalaga chiqarilgan aksiyalarning 80,1 foizi institutsional investorlar, qolgan 19,9 foizi esa chakana investorlar o‘rtasida taqsimlangan.
UzAuto Motors” AJ eʼlon qilgan tarixdagi birinchi xalq IPO‘si doirasida buyurtmalar qabul qilish 22 dekabrda tugashi kerak edi. Lekin “mashhur” kompaniyaning aksiyalariga umuman qiziqish bo‘lgani yo‘q. Natijada buyurtmalar berish muddatini 28 dekabrgacha cho‘zishdi.
Qarangki, birinchi xalq IPO‘sining muddatlar cho‘zilganidan keyin ham natijalar qoniqarli emas:
Buyurtmalar ochilganidan beri jami 233 448 dona aksiya bo‘yicha jami 1196 ta ariza kleib tushgan xolos. Hozirda Bu jami emissiyaning 8,65%ini tashkil etadi. Ilk buyurtmalar maksimum narxlarda 81,5 ming so‘mdan berilgan bo‘lsa, oxirgilari buyurtma qoldirish mumkin bo‘lgan eng past narx 72,5 ming so‘mdan qoldirilmoqda.
“Butun moliyaviy natijasi faqat yolg‘on, yopiq imtiyozlar, to‘lanmagan soliqlar va subsidiyalardan tashkil topgan parazit kompaniyaning aksiyalariga hisobi bor odam pul tikmasligi aniq. Yaxshi gumonga ko‘ra, xalq IPO‘si doirasi faqat ixtiyoriy majburiy bo‘lganlar buyurtma qoldirmoqda. Bu hali hammasi emas. Kecha tunda “UzAuto Motors” AJ aksiyalariga buyurtmalar qabul qilish oz emas, ko‘p emas, naq 2023 yil 15 fevralgacha uzaytirilgani eʼlon qilindi”, – deb yozgandi iqtisodchi Otabek Bakirov o’zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
“Jonajon” kompaniyamiz uchun imtiyozlarga ega chiqish aksiyalarni chiqarib investitsiya jalb qilishdan foydaliroq va osonroq. Hamda kompaniya bu ishni uzoq yillardan buyon qoyilmaqom uddalab kelmoqda. Xalq kompaniyaga (IPO orqali) investitsiya kiritishni uqadar xohlamayotgan bir davrda xalq vakillari kompaniyaga yiliga milliardlab imtiyozlarni taqdim qilib kelayotganligini ko’rish haqiqiy ahvolimiz qanaqa ekanligini yana bir bor ko’rsatadi.
Thanks for sharing. I read many of your blog posts, cool, your blog is very good.
I am a website designer. Recently, I am designing a website template about gate.io. The boss’s requirements are very strange, which makes me very difficult. I have consulted many websites, and later I discovered your blog, which is the style I hope to need. thank you very much. Would you allow me to use your blog style as a reference? thank you!