YTTB O‘zbekiston iqtisodiyoti 2023-yilda 6,5 foizga o‘sishini prognoz qilmoqda

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Суббота, Июн 3, 2023
YTTB Markaziy Osiyoda ishlab chiqarish hajmi 4.9 foizga ortishini taxmin qilmoqda.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) prognoziga ko‘ra, 2023-yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti (YAIM)ning o‘sishi 6,5 foizni tashkil etadi. Kelgusi yilda esa mamlakat iqtisodiyoti 7 foizga oshishi taxmin qilinmoqda.
YTTB ekspertlarining prognozlariga ko‘ra, 2023-yilda Markaziy Osiyoda YAIM 4,9 foizga o‘sishi kutilmoqda. Xususan, ushbu ko‘rsatkich joriy yilning sentyabr oyidan boshlab neft va gaz narxlarining yuqoriligi, ishchi kuchi, kapital va pul o‘tkazmalari oqimining ko‘payishida o‘z aksini topishi mumkinligi aytilgan.
Bundan tashqari, kelgusi 2024-yilda mintaqada bu ko‘rsatkich 5,4 foizga o‘sishi bashorat qilinyapti. Mutaxassislar Markaziy Osiyoda YAIMning o‘sishiga asosiy omil sifatida rejalashtirilgan infratuzilmaga investitsiyalar, tovarlarning yuqori narxlari va Rossiya korxonalarining ko‘chirilishi hisobiga ishlab chiqarishning o‘sishi sabab qilib ko‘rsatishgan.
Shu bilan birga, Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida yalpi ichki mahsulotning eng katta o‘sishi Tojikistonda prognoz qilinmoqda. 2023–2024-yillarda Tojikistonda YAIM 8 foizgacha ortishi ehtimoli mavjud. Keyingi o‘rinlarni Qirg‘isiton hamda mos ravishda O‘zbekiston va Turkmaniston egallagan.