Toshkentdagi “Sazanchik” restorani va “Okean” savdo majmuasi 35 mlrd so‘mga sotildi

“Nigemta” kompaniyasi “Sazanchik” restorani va “Okean” savdo majmuasini 35 mlrd so‘mga sotib oldi.

Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasida joylashgan savdo majmuasi kimoshdi savdosida sotildi. Ma’lumotlar “E-auksion” portalida e’lon qilingan. Sotilgan binoda “Sazanchik” restorani, “Okean” savdo majmuasi va boshqalar joylashgan.

Qayd etilishicha, majmua 87 ta xonadan iborat. Bundan tashqari, xonalar loyihasiz rekonstruksiya qilingan, qo‘shimcha qurilmalar mavjud.

Yer uchastkasining umumiy maydoni — 0,20 gektar. Binoning maydoni — 2 685 kvadrat metr. Restoranda gaz, suv, elektr ta’minoti va kanalizatsiya tizimi mavjud.

Auksionga qo‘yilgan majmuaning boshlang‘ich narxi 26,3 mlrd so‘m bo’lgan. 20-fevral kuni bo‘lib o‘tgan savdoda lot 35,5 mlrd so‘mga sotildi. G‘olib — 5,8 million so‘mlik ustav kapitaliga ega “Nigemta” kompaniyasi.

One Reply to “Toshkentdagi “Sazanchik” restorani va “Okean” savdo majmuasi 35 mlrd so‘mga sotildi”

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *