Germaniyaning STADA kompaniyasi O’zbekistonga dori vositalarini yetkazib berish hajmini oshiradi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Четверг, Июн 8, 2023
Germaniyaning STADA kompaniyasi O’zbekiston bozoriga yanada ko’proq dori vositalarini yetkazib beradi.
Germaniyaning STADA kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga dori vositalari yetkazib berish hajmini oshiradi. STADA Arzneimittel AG farmatsevtika guruhi o’z vakolatxonasini roʻyxatdan oʻtkazdi, deb xabar qilmoqda konsern matbuot xizmati.
Konsern mamlakatda o’z vakolatxonasini tashkil etib, dori vositalarini raqamli markalashni yo‘lga qo‘ymoqchi. STADA sho’ba korxonasi MChJ dori vositalarini mahalliy bozorga tarqatadi.
Kompaniya STADA tomonidan ishlab chiqarilgan dori-darmonlarni O‘zbekistonga yetkazib berishni ko‘paytirib, mahalliy sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishga hissa qo’shmoqchi.
Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, faqat 2022-yilning yanvar-oktyabr oylarida Oʻzbekiston farmatsevtika bozori yevroga nisbatan 10,6 foizga oʻsgan.
“Joriy yilda STADA savdo hajmining 12-15 foizga ortishi kutilyapti, – deydi kompaniyaning mahalliy vakolatxonasi rahbari Baxtiyor Hojimuhammedov, – Biz dori bozorimizda vitaminlar va BFQning sezilarli darajada ko’payishini prognoz qilishimiz mumkin. Hukumat sog‘liqni saqlash tizimini zarur dori-darmonlar bilan ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratyapti. Ayniqsa, saraton, qandli diabet va shunga o’xshash og’ir kasalliklarni davolash bilan bog’liq dori vositalari bilan ta’minlash ahamiyatlidir”.
Ayni paytda STADA O‘zbekistonda urologik, nevrologik, yurak-qon tomir kasalliklari uchun dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Shu bilan birga saratonga qarshi dori vositalarini mamlakatga olib kelish istiqbollarini ko‘rib chiqmoqda.
STADAning Yevroosiyo bo‘yicha vitse-prezidenti Arminas Matsevichus guruhning mintaqaviy biznesini kengaytirishda O‘zbekiston bozorining “muhim roli”ni ta’kidladi. Mamlakatimiz aholisining tibbiy yordamdan foydalanish imkoniyatlarini oshirish borasidagi tashabbuslarini ijobiy baholadi.
“Sog‘liqni saqlashni raqamlashtirish, tibbiy sug‘urta va tibbiy klasterlarni rivojlantirish rejalari sohaga investorlar, texnologiya va tajribani jalb qilishga yordam beradi”, – deydi Matsevichus.
Shuningdek, STADA xalqaro farmatsevtika ishlab chiqaruvchilari orasida birinchi bo‘lib O‘zbekiston bozoriga qon to‘xtatuvchi “Natalsid” preparatlari uchun markalashni yo‘lga qo‘ygani qayd etilgan. Hammasi bo’lib kompaniya O’zbekistonga 17 ta terapevtik guruh dori vositalarini, jumladan, bemorlar hayotini saqlab qolishga yordam beruvchi dori vositalarini yetkazib beradi.
Thanks for sharing. I read many of your blog posts, cool, your blog is very good.