Milliarder Alisher Usmonovning xoldingi MegaFonning Ucelldagi ulushini sotib oldi

MegaFonning Ucelldagi ulushini milliarder Alisher Usmonovning xoldingi sotib oldi.

MegaFon o‘z ta’sischisi USM Telecomga 2021-yil fevral oyida USM Telecom, MegaFon va O‘zbekiston hukumati tomonidan tashkil qilingan Digital Holding’ kompaniyasi boshqaruvidagi “Digital Invest” MChJ dagi 50 foizlik ulushini sotdi. Bu haqida Forbes’ning rus tilidagi nashrida xabar berildi.

Ushbu paketni 5-10 milliard rublga baholagan tahlilchilar, Alisher Usmonov o’zining tarixiy vatani bilan biznes aloqalarini mustahkamlashda davom etayotganini ta’kidlashmoqda.

Aslida o’zaro kelishuv o‘tgan yilning 23-dekabrida amalga oshirilgan edi. Shundan so‘ng, Alisher Usmonov xoldingining telekommunikatsiya aktivlarini qayta qurish ishlari boshlanganligi haqida ma’lum qilindi. Eslatib o’tamiz, MegaFonning 100 foizlik potensial sotib oluvchisi “Rostelekom” hisoblanadi.

USM Telecom, MegaFon va Oʻzbekiston Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ishtirokidagi qoʻshma korxona Digital Holding kompaniyasining 51 foiz aksiyalariga egalik qiladi. Digital Holdingning 49 foiz ulushi esa Oʻzbekiston hukumatiga tegishli.
O’zbekiston davlat aktivlarini boshqarish agentligi davlat ulushini 201,4 million dollarga baholagan holda, Ucell ustav kapitalining 100 foizini qo’shma korxonaga o‘tkazgan edi.

One Reply to “Milliarder Alisher Usmonovning xoldingi MegaFonning Ucelldagi ulushini sotib oldi”

  1. Very nice post. I just stumbled upon your blog and wanted to say that I’ve really enjoyed browsing your blog posts. In any case I’ll be subscribing to your feed and I hope you write again soon!

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *