“G’aroyib” statistika: 1,2 mlrd dollarlik oltinni sotib, eksport hajmi bilan maqtanyapmizmi?

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Суббота, Июн 3, 2023
2023-yilning yanvar oyida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 5 mlrd AQSh dollarini tashkil etib, 2021-yilning shu davriga nisbatan 1,5 mlrd AQSh dollariga yoki 42 foizga ko‘paydi.
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra , O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmida eksport 2,1 mlrd AQSh dollarini va import 2,9 mlrd AQSh dollarini tashkil etgan. Bu esa o’tgan yilning mos davriga nisbatan eksport 45 foizga, import qariyb 40 foizga oshdi, degani.
Yanvar oyida anomal sovuq tufayli butun iqtisodiyot zarar ko’rganligi haqida ko’p gapirilyapti. Lekin tashqi savdo statistikasida go’yoki hech qanday pasayish bo’lmaganday…
Amalda eksportning yuqori suratlarda o’sishini oltin savdosining keskin oshganligi yaxshi tushintirib beradi. Xususan, yanvar oyida, O’zbekiston 1,2 mlrd dollar qiymatga teng oltin eksport qilgan. Taqqoslash uchun o’tgan yilning mos davrida 587 mln dollarlik oltin eksport qilingan edi. Agar oltinsiz eksportning o’sishiga e’tibor qaratsak, mamlakatimiz eksportining o’sish surati sezilarli darajada sekinlashganligiga guvoh bo’lamiz. Masalan, joriy yil yanvar oyida oltinsiz eksportning o’sish surati 6 foizni tashkil etgan xolos.
Oltinsiz eksport kamtargina 6 foiz o‘sgan va 900 mln.dollardan sal oshgan, xolos. U ham bo‘lsa asosan bitta davlat hisobiga, ya’ni, asosiy savdo “hamkorimiz” Rossiyaga eksport oshib bormoqda.
Xususan, yanvar oyida Rossiyaga eksport o’tgan yilning mos davriga nisbatan 20 foizga o’sgan. Xitoyga esa eksport miqdori qisqarishda davom etmoqda. Ya’ni “zero-covid” siyosatining salbiy ta’siri haligacha yo’qolib ulgurgani yo’q.
Umuman olganda, tovarlar eksporti hajmi 636,4 mln.dollardan 627,5 mln.dollargacha kamaygan. Oltinsiz eksport o‘sishdan deyarli to‘xtagan, tovarlar eksporti qisqargan oyda importimiz 40 foizga ko‘payib, qariyb 3 mlrd. dollarga yetgan.
“Importning keskin o‘sishi hisobiga oltin-valyuta zaxiralarimiz qachonlardir maqtanganimizdek 24-20-18-14 oyga emas, endi 12 oyga yetadi”, – deb yozmoqda iqtisodchi bloger Otabek Bakirov.
Iqtisodchining ta’kidlashicha, Yanvar oyi tashqi savdo statistikasining eng hayratlanarli hodisasi – 1,2 mlrd.dollarlik oltin eksporti emas. Bu – Germaniya importda birinchi raqamli hamkorimizga aylangani. Ushbu oyda Germaniyadan importimiz hajmi 490,8 mln.dollarni tashkil etib, hattoki, Rossiya va Xitoyni ham ortda qoldirgan. O’tgan yilning mos davriga nisbatan 12,4 barobarga oshgan. Xo‘sh, yanvarda Germaniyadan nima import qilgan bo‘lishimiz mumkin? Bunga ko‘p tanqidga uchraydigan statistikamiz javob bermaydi.
“Yana bir muhim voqelik Litva va Fransiyaning TOP-10 savdo hamkorlar ro‘yxatiga kirib qolgani. Litvadan 105 mln.dollarlik, Fransiyadan 73,5 mln.dollarlik import amalga oshirganmiz. Yana tarkibi nomaʼlum. Samolyot olganmizmi yoki aslaha?” – deb yozmoqda iqtisodchi.
Statistika agentligi ushbu postga munosabat bildirib, joriy yilning yanvar oyida O‘zbekiston qiymati 633,1 million dollarlik 13 ta samolyot sotib olganini ma’lum qildi. Xarid qilingan samolyotlarning deyarli yarmi Germaniyadan olib kelingan. Mamlakatimiz 421,7 million AQSh dollariga 6 dona nemis samolyotlarini xarid qillgan. Shuningdek, yanvar oyida Litvadan 66,7 mln dollarga 4 dona va Fransiyadan qiymati 64,3 mln dollarga 1 dona samolyot import qilingan.