“Whoosh” – elektr skuterlar ijara xizmati O’zbekistonda ish boshlashi mumkin

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Shanba, Sen 30, 2023
“Whoosh” O‘zbekistonda elektr skuterlar ijara xizmatini yo’lga qo’ymoqchi.
“Whoosh” kick-sharing xizmati 2023-yilning yangi mavsumida Rossiya va MDHning 10 ta yangi nuqtasida elektr skuterlarni ijaraga berish funksiyasini ishga tushiradi, deya xabar bermoqda “TASS” nashri kompaniya bosh direktori Dmitriy Chuykoga tayanib.
Dmitriy Chuykoning ma’lum qilishicha, ayni paytda kompaniya Armaniston, Gruziya va O‘zbekiston bozorlaridagi faoliyatini ko‘rib chiqmoqda.
“Biz hozircha shaharlar roʻyxatini toʻliq eʼlon qilganimiz yoʻq, lekin tarmogʻimizga oʻnga yaqin hududlarni qoʻshishni rejalashtirmoqdamiz”, — dedi Chuyko.
Uning qoʻshimcha qilishicha, kompaniya ish boshlashi uchun Armaniston, Gruziya va Oʻzbekiston bozorlari ko’proq mos keladi.
“Ochigʻini aytganda, Oʻzbekiston biz uchun hozirgi sharoitda eng jozibador davlat. Ayni paytda ish boshlash uchun tezkor rejalar mavjud emas, lekin kompaniya mahalliy bozorni o’rganishda davom etyapti. Ehtimol, qulay fursat kelishi bilan o’z xizmatimizni yo’lga qo’yishimiz mumkin“, — deydi Chuyko.
“Whoosh” 2019-yilning bahorida Moskva, Sankt-Peterburg va Novosibirskda elektr skuterlarni ijaraga berish xizmatlarini taklif qila boshlagan.
Xizmat jarayonida mijozlar daqiqalik va kunlik ijara narxlaridan foydalanishlari mumkin. Bundan tashqari, muntazam sayohatlar uchun haftalik yoki oylik obuna (Whoosh Pass) lar ham mavjud.
This article opened my eyes, I can feel your mood, your thoughts, it seems very wonderful. I hope to see more articles like this. thanks for sharing.
Your article gave me a lot of inspiration, I hope you can explain your point of view in more detail, because I have some doubts, thank you.