Subway’ fast-fud tarmog‘i Toshkent shahrida birinchi restoranini ochmoqda

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Yakshanba, Sen 24, 2023
Poytaxtda Amerika Subway’ fast-fud tarmog‘ining birinchi restorani ochiladi.
Amerikaning Subway fast-fud tarmog‘i Toshkentda o‘zining birinchi restoranini ochadi. U yangi qurilayotgan Tashkent City Mall savdo-ko‘ngilochar markazida joylashadi. Bu bo‘yicha savdo markazida Saudiyaning Cenomi Retail kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Subway — franshiza tamoyili asosida ishlaydigan tez ovqatlanish restoranlari tarmog‘i bo‘lib, 2021-yil iyun holatiga ko‘ra 37 mingdan ortiq filial ochgan.
Brend sotadigan asosiy mahsulotlardan biri submarin-sendvichlari miijozning ko‘z o‘ngida tayyorlanadi. Tarmoqning xususiyatlaridan biri — mijoz ingrediyentlarni tanlaydi, oshpaz ulardan sendvich yig‘adi.
Shuningdek, Cenomi Retail kompaniyasi vakillari savdo markazida Cinnabon kafe-novvoyxonasi uchun mo’ljallangan joyni ham ko‘zdan kechirishdi.
Ma’lumot uchun, “Cenomi Retail” — sobiq “Alhokair Fashion Retail” chakana savdo kompaniyasi bo’lib, unga 1990-yilda asos solingan. Hozirda kompaniya 13 mamlakatdagi 100 ta savdo markazlarida 1842 ta doʻkonga egalik qiladi.