Mastercard’ sobiq bosh direktori Jahon bankini boshqarishi mumkin

AQSh prezidenti Jo Bayden Mastercard’ning sobiq bosh direktorini Jahon banki rahbarligiga nomzod qilib ko’rsatdi

Qo‘shma Shtatlar prezidenti Jo Bayden asli hind millatiga mansub Mastercard’ ning sobiq bosh direktori Ajay Bangani Jahon bankining yangi rahbari lavozimiga nomzod qilib ko‘rsatdi , deb xabar bermoqda “Interfaks”.

Baydenning bayonotida ta’kidlanishicha, Banga “zamonamizning eng dolzarb muammolarini” hal qilish tajribasiga ega. Oq uy rahbari ushbu muammolar qatorida iqlim o’zgarishiga ham alohida e’tibor qaratdi.

AQSh tashkilotning eng yirik aksiyadori ekanligi sababli, Jahon bankini an’anaviy tarzda ushbu mamlakat fuqarosi boshqarib keladi.

Ajay Banga ham hind millatiga mansub amerikalik bo’lib, Mastercard’da o‘n yillik faoliyati davomida bosh direktor lavozimigacha ko’tarilgan. Ayni paytda u General Atlantic’ investitsiya firmasining vitse-prezidenti vazifasini bajarmoqda.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *