KASE O‘zbekistondagi emitent va brokerlarni jalb etish haqida o‘ylamoqda

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Yakshanba, Sen 24, 2023
KASE – Qozog’iston fond birjasi O’zbekistondan emitent va brokerlarni jalb qilmoqchi
Qozog‘iston fond birjasi O‘zbekiston emitentlari va brokerlari bilan ishlash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
“Biz Oʻzbekiston emitentlari va brokerlarini KASE ga jalb etish imkoniyatlarini koʻrib chiqyapmiz. O‘zbekiston qonunchiligida ma’lum cheklovlar mavjud, biroq hammasi bizning bozordagi emitentlarning jozibadorligiga bog’liq bo’ladi. Biz hozircha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarga kirishganimiz yo‘q”, — deydi KASE boshqaruvi raisi Alina Aldambergen .
Shuningdek, Alina Aldambergen KASEda ishlaydigan brokerlar vaqti-vaqti bilan o‘z mijozlariga xorijiy davlat qimmatli qog‘ozlari va korporativ obligatsiyalaridan foydalanish imkoniyatini taklif qilishini qo‘shimcha qildi.
Misol uchun, so’nggi paytlarda KASE O’zbekistonning ayrim kompaniyalari yevrobondlarini kotirovka ro’yxatiga qo’shdi.
Ma’lumot uchun, Yevrobondlar — bu emitent uchun chet el valyutasida ko‘rsatilgan uzoq muddatli qimmatli qog‘ozlar. Yevrobondlarni uzoq muddat davomida (1 yildan 40 yilgacha) mablag‘ jalb etishga qiziqqan tomonlar, ya’ni xalqaro tashkilotlar, hukumatlar, yirik korporatsiyalar chiqaradi. Muayyan vaqtdan keyin yevrobondlar sotib olinishi kerak bo‘ladi. «Yevro» prefiksiga qaramay (birinchi bunday qimmatli qog‘ozlar Yevropada paydo bo‘lgan), bugungi kunda ular turli xil valyutalarda turli bozorlarda chiqarilmoqda.