Qog’ozda ishsizlik va qashshoqlikka chek qo’yilmoqda, amalda-chi?

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Federal Majlisga yo‘llagan murojaatini rossiyalik deputat Mixail Abdalkin qulog‘iga lag‘mon osilgan holatda tinglabdi.

“Maxsus harbiy operatsiya” jarayonidagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar to’g’risida nutq so’zlayotgan Rossiya yetakchisining murojaatiga Kommunistik partiya vakilining munosabati biroz shov-shuvlarga ham sababchi bo’ldi.

Putindan biroz avvalroq Kambag‘allikni qisqartirish ва bandlik vaziri Behzod Musayev O‘zbekistonda hokim yordamchilari faoliyati yo‘lga qo‘yilishi natijasida 2,2 mln ishsiz fuqaro bandligi taʼminlanganligi haqidagi faktni ma’lum qildi.

10 ming nafarga yaqin hokim yordamchilari faoliyati hamda subsidiyalar ajratish, ish bilan taʼminlash, kasbiy tayyorgarlikka jalb qilish va biznes yuritish asoslari orqali qariyb 2,2 million kishining bandligiga erishilgan. Qayd etilishicha, bugungi kunda O‘zbekistonda mehnatga layoqatli aholining bor yo’g’i 1,3 millioni ishsiz qolmoqda.

Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida respublikada ishsizlik darajasi 8,9 foizga tushirilgan. Qashshoqlik darajasi ko‘rsatkichi 17 foizdan 14,1 foizga tushgan.

“Biz 2023-yilda barcha imkoniyatlarimizni ishga solib, O‘zbekistonda qashshoqlik darajasini 12 foizgacha kamaytirishni rejalashtirganmiz”, — dedi vazir.

Vazir aytgan raqamlardan kelib chiqilsa 10 mingdan ortiq hokim yordamchilarining har biri 220 dan ortiq fuqorolarning bandligini ta’minlashga hissa qo’shgan bo’lib chiqmoqda. Shu o’rinda savol tug’ilishi tabiiy nega 16 mingta emas balki 10 mingta hokim yordamchilari lavozimi ta’sis etilgan? 16 mingta hokim yordamchisi faoliyat yuritganda, balki vazir aytayotgan 1,3 million ishsiz fuqaro ham bo’lmagan va ishsizlik ustidan total g’alabaga erishgan bo’lar edik.

Endi esa statistika agentligining mana bu ma’lumotlariga e’tibor qaratamiz. Unga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida respublikaning mehnat ko‘rsatkichlari statistik raqamlarda:

– Mehnat resurslari soni – 19,5 mln. kishi

– Mehnat bilan band bo‘lgan aholi soni – 13,8 mln. kishi

– Bandlik darajasi – 68,0 foiz

– Ishsizlar soni – 1,3 mln. kishi

– Ishsizlik darajasi – 8,6 foiz

– Iqtisodiy faol bo‘lmagan aholi soni – 4,3 mln. kishini tashkil qiladi.

Demak, 2021-yil 3-choragidan 2022-yilning xuddi shu davri mobaynida ish bilan band aholi soni 13,6 million kishidan 13,8 mln kishiga yetgan, ijobiy farq 226 mingta, bu esa vazir aytayotgan raqamlardan 10 barobar kamroq.

Shuningdek, Statistika agentligi hisobotlarida 2010-yildan keyin deyarli (pandemiya yilidan tashqari) har yili ish bilan band bo’lganlar soni 200-300 ming kishiga muttasil o’sib kelgan ya’ni 10 mingdan ortiq hokim yordamchilari aslida ish bilan band bo’lganlar sonining ortish tendensiyasiga hech qanday ijobiy ta’sir ko’rsatmagan.

«Vazirning mehnatga layoqatli aholining 1,3 millioni ishsiz qolmoqda, degan ma’lumotlari ham haqiqatdan yiroq. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mehnatga layoqatli aholi soni (2021-yil holatiga ko’ra) 19,3 mln kishi, ish bilan band bo‘lganlar soni esa (2022- yil 3-chorak holatiga ko’ra) 13,7 mln kishini tashkil etadi», — deb yozadi bloger Saydullo Himmatov bandlik vazirining bayonotiga ishonchsizlik bildirib.

Uning fikricha, Musayev aytgan 1,3 mln kishilik farq aslida 5,5 mlndan ko‘proqni tashkil qilayapti.

«Agar iqtisodiy faol aholi soni 2019-yilgi darajada o‘sganda hozirgi kunga kelib iqtisodiy faol aholi soni 15 mln emas balki 15,6 mln atrofida bo‘lishi kerak edi. Hamda ishsizlik darajaasi, hozirgi kabi 8,9 foiz emas balki 11,9 foiz ni tashkil etayotgan bo‘lardi. Agar talabalar soni o‘sishini chiqarib tashlagan taqdirimizda ham ishsizlik darajasi hozirgi kunda 10,2 foiz atrofida shaklanayotgan bo‘lishi kerak edi. Lekin rasmiy statistika yuqoridagi raqamlardan 1,3 foiz bandga pastroq», — dedi iqtisodchi Mirkomil Xolboyev.

«Ko‘rinib turganidek, ishsizlik qarshi juda samarali kurashilmoqda. Bu jarayonda hokim yordamchilarining o‘rni beqiyosligini alohida ta’kidlab o‘tish kerak. Axir ular 10 mingdan ortiq ishchi o‘rinlari paydo bo‘lishiga asosiy sababchiku», — deya kinoya qildi mutaxassis.

 

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *