Shimoliy Koreya xakerlari 1,7 mlrd dollarlik kriptovalyuta o’g’irlashdi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Yakshanba, Sen 24, 2023
AQSh shimoliy koreyalik xakerlar bilan bog’liq kripto-hamyonlarni qora ro’yxatga kiritdi
AQShning Nyu-York shtatida joylashgan Chinanalysis maʼlumotlar platformasi hisobotiga ko‘ra, o‘tgan yili shimoliy koreyalik xakerlar rekord darajadagi 1,7 milliard dollarlik kriptovalyutalarni o‘g‘irlashgan.
Xakerlar o‘z talon-tarojlarini yashirish uchun turli xil hiyla-nayranglar – pullarni ko’plab kripto-hamyonlarga taqsimlash, tangalarga aylantirish kabi usullardan foydalanishgan.
AQSH Shimoliy Koreya xakerlari bilan bog‘liq kripto-hamyonlarni qora ro‘yxatga kiritdi.
Ma’lumot o’rnida, 2022-yilda Shimoliy Koreya 95 dan ortiq qanotli va ballistik raketalarni uchirdi. Ushbu mamlakat 18-fevral kuni sharqiy dengizga uchirilgan qit’alararo ballistik raketasi singari e’tiborni tortuvchi qurollarini namoyish etishni yaxshi ko’radi. Shuningdek, shimolliklar valyutani qalbakilashtirish, sug’urta firibgarligi, qurol va giyohvand moddalarni ishlab chiqarish, sotish singari jinoyatlari bilan ham nom chiqarishgan.
Your article gave me a lot of inspiration, I hope you can explain your point of view in more detail, because I have some doubts, thank you.