Pilla qurti urug‘ini ishlab chiqaruvchilarga subsidiya beriladi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Четверг, Июн 8, 2023
Ishlab chiqaruvchilarga har quti ipak qurti urug’i uchun 120 ming so’mdan subsidiya beriladi
2023-yil 1-martdan 2026-yil 1-yanvargacha pillani qayta ishlovchi va pilla qurti urug‘ini ishlab chiqaruvchilarga ular tomonidan bevosita pilla boquvchilarga yetkazib berilgan har quti ipak qurti urug‘i uchun 120 ming so‘m miqdorida subsidiya ajratiladi.
2023-yil 1-apreldan “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar tomonidan o‘zlari ishlab chiqargan ipak mahsulotlarini eksport qilish operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan debitor qarzdorlik hosil bo‘lishini hisoblashning yagona muddati bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan sanadan 360 kun etib belgilandi.
Shuningdek, 2023-yil 1-martdan xom ipakni eksport qilish tartibi soddalashtiriladi.
Maʼlumot o’rnida, Prezident qarorida ko‘zda tutilgan soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlarning amal qilish muddati ham 2026-yil 1-yanvargacha uzaytirilgan.
I am sorting out relevant information about gate io recently, and I saw your article, and your creative ideas are of great help to me. However, I have doubts about some creative issues, can you answer them for me? I will continue to pay attention to your reply. Thanks.