Sanksiyalar fonida neft va gaz eksporti Rossiya iqtisodiyotining tayanchiga aylanmoqda

Xitoy va Hindistonning neftga bo’lgan “ishtaha”si Rossiya iqtisodiyotining tayanchiga aylandi

Rossiya iqtisodiyoti 2022-yilda atigi 2,1 foizga qisqardi, bu bir qancha tahlilchilar tomonidan prognoz qilingan 12 foizlik zaiflashuvga nisbatan anchagina past ko’rsatkich.

G’arb davlatlari importni cheklab, sanksiyalar qo’llaganiga qaramay, o’tgan yili Rossiyani qoralash hamda Ukrainadagi “operatsiyasi” tufayli sanksiyalarga qo’shilishdan bosh tortgan Xitoy va Hindiston Rossiya xom neftining eng yirik xaridorlariga aylanishdi.

Xitoy bojxona maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilda Xitoyning rus xomashyo nefti importi 8 foizga oshib, kuniga 1,72 million barrelga yetgan.

Yoqilg’i mahsulotlari bozori tahlilchisi Kpler kompaniyasi joriy yilning fevral oyida Xitoy kuniga 5,62 million barrel xom neft import qilganligini ma’lum qildi va bu orqali avvalgi barcha rekordlarni yangilaganligini bildirdi.

Xitoyning quvur orqali rus gazi importi hamda suyultirilgan gaz importi 2022-yilda mos ravishda 2,6 hamda 2,4 baravarga oshib, 3,98 milliard AQSh dollari va 6,75 milliard AQSh dollariga baholandi.

Shu bilan birga, Xitoyning Rossiyadan ko’mir importi ham o’tgan yili 20 foizga oshib, 68,06 million tonnani tashkil etdi. Rossiya neftining eng yirik mijozlaridan biri Hindiston yanvar oyida rekord darajadagi 1,4 million barrel tovar import qildi – bu dekabr oyiga nisbatan 9 foizga ko’proqdir.

Hindistonning termal ko’mir importi 2022-yilda qariyb 15 foizga oshib, 161,18 million tonnani tashkil qildi.

Tahlilchilarning ta’kidlashicha, G’arb bilan xavfsizlik aloqalarini kuchaytirgan va Rossiya bilan iliq aloqalarni saqlab qolgan Bosh vazir Narendra Modi uchun arzon import yuqori inflyatsiya sharoitida hamda saylov arafasida juda katta yutuq bo’ldi.

Shuningdek, Turkiya ham Rossiyaning energiya xom ashyosi va ko’mirining eng yirik xaridori bo’lgani diqqatga sazovor.

Tahlilchilar 2023-yilda Pokiston va Bangladeshni ham Rossiyadan arzon narxlarda energiya resurslari importini oshirishi mumkin bo’lgan katta bozorlarga aylanishini prognoz qilishmoqda.

Economist Intelligence Unit (EIU) ma’lumotlariga ko’ra, qattiq sanktsiyalar ostidagi Erondan o’rnak olib, Rossiya G’arb sanksiyalarini chetlab o’tish uchun 600 tacha eski neft tankerlaridan iborat “soya floti”ni yaratdi.

Bloomberg o’tgan oyda Singapurda neft saqlash tankerlariga talab ortib bormoqda, deb xabar bergan edi. Bu Rossiya yoqilg’isi boshqa neft bilan aralashtirilib, qayta eksport qilinayotganini, oqibatda esa G’arb tomonidan sanksiyalar nazorati yanada qiyinlashayotganini ko’rsatmoqda.

“Rossiyaning Yevropaga gaz quvuri eksporti aniq pasaygan boʻlsa-da, Rossiyaning neft va koʻmir eksporti urushgacha boʻlgan hajmda davom etyapti”, dedi Wood Mackenzie kompaniyasining Osiyo-Tinch okeani energetika boʻyicha vitse-prezidenti Gavin Tompson.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *