2023-yil yanvar oyida davlat idoralari tomonidan 3 trln so’mdan ortiq xaridlar amalga oshirilgan

Qariyb 6 mlrd so’mlik davlat xaridlari Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida shubha uyg’otdi

Agentlik xabarida qayd etilishicha, vazirlik va idoralar tomonidan 2023-yilning yanvar oyida jami 3,05 trln so’mlik 77 007 ta davlat xaridlari amalga oshirilgan.

Bu xaridlarning eng ko’pi hech qanday auksion va tanlovlarsiz ya’ni yagona yetkazib beruvchilar orqali va to’g’ridan-to’g’ri amalga oshirilgan xaridlardir. Xususan, 1,86 trln. so’mlik 27 367 ta xaridlar yagona yetkazib beruvchilar bilan, 857,57 mlrd. so’mlik 27 013 ta xaridlar to’g’ridan-to’g’ri shaklda amalga oshirilgan.
Shuningdek, 169,8 mlrd so’mlik 20 969 ta xaridlar elektron do’kon, 8,41 mlrd so’mlik 725 ta xaridlar elektron auksion, 126,5 mlrd so’mlik 932 ta xaridlar eng yaxshi taklifni tanlash, 26,38 mlrd so’mlik 1 ta xarid tender orqali bo’lgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi o’rganishlarida ayrim davlat buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlarini amalga oshirishda qonunbuzilish holatlariga yo’l qo’yganini ham aniqlagan.

Jumladan, 2023-yilning yanvar oyida jami 5,4 mlrd so’mlik qonunbuzilish holatlarini bartaraf qilish hamda kelgusida shu kabi holatlariga yo’l qo’ymaslik haqida buyurtmachilarga 12 ta taqdimnoma shuningdek, aniqlangan holatlarga huquqiy baho berishlik uchun to’plangan hujjatlarga huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Shuningdek, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filiali buyurtmachiligida maxsus axborot portaliga joylashtirilgan 625 mln so’mlik “Ultratovush tibbiy apparati” xarid qilish bo`yicha eng yaxshi takliflarni tanlash yuzasidan berilgan e’lon o’rganilganida, mazkur davlat xaridida o’zaro affillangan shaxslarga tegishli tadbirkorlik sub’ektlari ishtirok etib, g’oliblikni qo’lga kiritgan.

Shu kabi, Yoshlar ishlari agentligi Nurobod tumani bo’limi buyurtmachiligida maxsus axborot portaliga joylashtirilgan 950 mln so’mlik “Zamonaviy avtobus” xarid qilish bo’yicha eng yaxshi takliflarni tanlash yuzasidan berilgan e’lon o’rganilganida mazkur davlat xaridida o’zaro affillangan shaxslarga tegishli tadbirkorlik sub’ektlari ishtirok etib, g’oliblikni qo’lga kiritgan.

Shuningdek, Mirzacho’l tuman tibbiyot birlashmasi buyurtmachiligida maxsus axborot portaliga joylashtirilgan 150 mln so`mlik “Oziq-ovqat yetkazib berish bo’yicha autsorsing xizmati ko’rsatish” yuzasidan berilgan e’lon o’rganilganida mazkur davlat xaridida o’zaro affillangan shaxslarga tegishli tadbirkorlik sub’ektlari ishtirok etib, g’oliblikni qo’lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holatlarda xarid komissiyasi tomonidan o’zaro affillangan shaxslar xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishdan chetlatilmasdan O’zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to’g’risida”gi qonunining 23-moddasi va “Raqobat to’g’risida”gi qonunining 14-moddasi talablari buzilgan.

Agentlik tomonidan kiritilgan taqdimnoma va so’rovnomalar natijasida 9 ta davlat xaridi bekor qilingan hamda 3 ta ma’muriy ish qo’zg’atilgan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *