Yevroittifoq Tinkoff bank’ni ham jazoladi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Суббота, Июн 3, 2023
Tinkoff bank’ ilk marta G’arb sanksiyalari ostida qoldi
Uzoq vaqt davomida G‘arb sanksiyalaridan qochgan Tinkoff bank’ Yevropa Ittifoqi cheklovlariga yo’liqdi. Endilikda Rossiyadagi xorijiy banklarning faqat ikkitasi – Raiffeisenbank’ va UniCredit bank’iga nisbatan jazo choralari qo’llanilmagan.
Tinkoff’ Kiprda ro’yxatdan o’tgan TCS guruhining asosiy aktivi bo’lib, uning 35 foizi rus oligarxi Vladimir Potaninning Interros’ kompaniyasiga tegishli. 60 foizga yaqin aksiyalari erkin sotuvda bo’lsa, 6,5 foizi davlatga tegishli, deya xabar beradi guruh veb-sayti.
Yevroittifoqning o‘ninchi paketi jazo choralariga Rossiyaning tizimli uchta banki Alfa-Bank’, Rosbank’, shu jumladan Tinkoff bank’ ham kiritilgan.
Ular Yevropa Ittifoqi tomonidan Ukrainada harbiy operatsiya boshlanganining bir yilligi munosabati bilan Rossiyaga nisbatan o‘ninchi cheklovlar paketidagi ro’yxatidan joy oldi.
Alfa-Bank va Rosbank o‘tgan yili ham AQSHning SDN tipidagi bloklovchi qora ro‘yxatiga tushgan edi. Tinkoff bankning g‘arb sanksiyalariga ro‘para bo‘lishi birinchi marta ro‘y bermoqda.
Tinkoff bankning Yevroittifoq sanksiyalariga kiritilishi uni SWIFT‘dan uzilishi hamda Yevroittifoq hududidagi barcha aktivlari va hisoblari muzlatilishini ham anglatadi.
Aytish kerakki, Tinkoff bank’ning O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari oxirgi paytda juda ommalashib borayotgandi. Ayniqsa, ushbu bank Rossiyadagi migrantlar orasida o‘tkazmalari bilan ancha mashhur edi.