O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan Forbes’ reytingidagi qimmatbaho “Runet” kompaniyalari ma’lum bo’ldi

Forbes Russia’ eng qimmat “Runet” kompaniyalari reytingini tuzdi. Ayni paytda bu kompaniyalarning aksariyati O’zbekistonda ham faoliyat yuritadi…

Reyting Internetda shakllangan daromad ko’rsatkichlari asosida tuzilgan. Bu jarayonda onlayn-do’konlar, onlayn-banklar hamda yetkazib berish xizmati ko’lami hisobga olinmagan.

Forbes’ ro’yxatida yetakchilikni qo’lga kiritgan Yandex’ O‘zbekistonda ham faoliyat yuritadigan eng qimmat kompaniya sanaladi. Forbes’ Rossiya uning qiymatini 10,2 milliard AQSh dollariga baholagan.

Ikkinchi o’rinni Wildberries’ savdo tarmog’i 9,8 milliard AQSh dollariga teng qiymati bilan egalladi.

Forbes’ ro’yxatida to’rtinchi o’rinda qayd etilgan 1C’ axborot texnologiyalari kompaniyasi 2,5 milliard dollarlik bahosi bilan band etdi.

Keyingi o’rinlarni Kasperskiy laboratoriyasi – 2,4 milliard dollar hamda HeadHunter’ – MDH va Rossiyadagi yetakchi ish qidirish platformasi – 1 milliard dollarlik hajmi orqali zabt etdi.

O’zbekiston hududida ham foydalanish mumkin bo’lgan Ivi’ onlayn kinoteatri qimmatbaho “Runet” kompaniyalari ro’yxatining 16-qatorida (0,45 milliard dollar), 2GIS’ xaritalash xizmati esa 22-oʻrinda (0,22 milliard dollar) joylashgan.

Aviasales’ aviachiptalarini sotish xizmati (0,19 mlrd dollar) esa so’nggi pog’onalarda bo’lsa-da o’shbu reytingdan joy olgan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *