2023-yil yanvar oyida O’zbekistonda sut narxi ko’tarildi

O’tgan oyda sut narxi 0,1 foizga oshdi

2023-yil yanvar oyida O‘zbekistonda sut narxi 0,1 foizga oshdi. O’tgan yilning so’nggi choragida sut narxining 1,1 foizdan – 2,4 foizgacha o’sishi kuzatildi.

Yanvar oyida mamlakatda inflyatsiya 0,87 foizga tushib, oxirgi uch yildagi eng past darajaga yetdi. Yillik koʻrsatkichlar isteʼmol mahsulotlari narxining oʻsishi 2022-yil dekabriga nisbatan birmuncha pasayib, 12,19 foizni tashkil etganini ko’rsatdi.

Oziq-ovqat mahsulotlari narxi yanvar oyida eng ko’p – 1 foizga, o’tgan yilning yanvariga nisbatan – 15,4 foizga oshgan.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilda Oʻzbekiston inflyatsiya darajasini 12,3 foizdan 10 foizgacha tushirishni rejalashtirmoqda. Mamlakatda xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarish hajmining ortishi hamda tadbirkorlarning moddiy-texnikaviy ta’minotini yaxshilash orqali mahsulotlar narxini kamaytirish mo’ljallangan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *