O’yinlar mobil ilovalar bozorida yetakchilik qilmoqda

Global mobil ilovalar bozorida o’yinlar 267 milliard dollarlik daromad keltirdi

Global bozordagi smartfon ilovalari daromadining eng katta ulushi mobil o’yinlar hissasiga to’g’ri kelyapti. Statista Digital Market Insights mutaxassislari o‘yinlar ilova daromadlarining qariyb 62 foizini tashkil etishini taxmin qilishmoqda.

Hisob-kitoblarga ko’ra, 2022-yilda dunyo bo’ylab ilovalar bozoridagi umumiy daromad 431 milliard dollar atrofida bo’lgan.
Shundan 267 milliard dollarlik mablag’ mobil o‘yinlar orqali qo’lga kiritilgan.

Data.ai tadqiqot firmasi ma’lumotlariga ko’ra, o’tgan yili mobil o’yin ishqibozlari yuqori inflyatsiya tufayli o’z xarajatlarni 5 foizga qisqartirgan.

Striming platformalari, tanishuv ilovalari va qisqa video xizmatlari, jumladan TikTok ilovalari o’tgan yilda global bozorda yangi o’sish ko’rsatkichlarini qayd etgan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *